431
2009-yilda jami bank kreditlari tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi
78,3 foizni tashkil etgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, mamlakatimizdagi bank-
moliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta’minotining kuchayishiga,
iqtisodiyot real
sektorining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy
o‘sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin yaratmoqda.
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki – iqtisodiyotning agrar sektorini
yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni
izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash,
uning moddiy va moliyaviy bazasini
mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab
chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi
zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va
uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari
bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish
maqsadida 2009-yil 30-martda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori
asosida «Paxtabank» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan.
«Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan sho‘’ba injiniring
kompaniyasi – «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro
etish hamda aholi punktlarining bosh rejalar va arxitekturaviy rejalashtirishni
tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish asosida qishloq
aholisining turar joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009-yil 3-
avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda uy-joy
qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: