Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLATNING SOLIQ SIYOSATI 1. Soliqlarning iqtisodiy va huquqiy mazmuni hamda ularning zarurligi, vazifalari
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini
va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq, 2009-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «G‘alla bank» aksiyadorlik tijorat binki negizida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi. «Qishloq qurilish bank» Aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so‘m miqdorida shakllantirilgan. 432 15-MAVZU. DAVLATNING SOLIQ SIYOSATI 1. Soliqlarning iqtisodiy va huquqiy mazmuni hamda ularning zarurligi, vazifalari Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda soliqlarning roli yanada oshib bormoqda. O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tartibga solishda oqilona soliq siyosatini yuritib kelmoqda. Xo‘sh soliqlar qanday paydo bo‘lgan? Iqtisodiy adabiyotlarni o‘rganish soliqlarning davlat paydo bo‘lishi bilan shakllanganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham soliqlarning obyektiv zarurligi eng avvalo davlatning mavjudligi, uning vazifalarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning zarurligidan kelib chiqadi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini qurishda soliqlarning o‘rni beqiyos. Chunki davlat budjetining asosini soliqlar tashkil etadi. Bu haqda darslikning 14-mavzusida davlat budjetining shakllanishiga oid masalani ko‘rib chiqayotganimizda to‘xtalganmiz. Darhaqiqat, soliqlar orqali davlat bozor infratuzilmasini rivojlantiradi, teng huquqli, daxlsiz, davlat himoyasidagi xilma-xil mulk shaklidagi iqtisodiy subyektlarni rivojlantirishga erishiladi. Soliqlar uzoq davr mobaynida jamiyat tomonidan yaratilgan mahsulotning bir qismini davlat xazinasini to‘ldirish uchun undiriladigan asosiy manba sifatida ma’lum. Shu bilan birga, soliqqa tortish esa iqtisodiy madaniyatning bir elementi sifatida davlatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tgan yoki o‘tmaganligiga qaramasdan, ularning hamma- siga xosdir. Shuning uchun soliqqa tortishni insoniyatning rivojlanishidan ajratmagan holda ko‘rib, uning noyob bir ixtirosi sifatida tan olish lozim. Shveysariyalik iqtisodchi S. Fisherning fikricha, soliqlar – bu jamiyatning sivilizatsiya uchun to‘lovidir. Soliqlar – qadimgi moliyaviy turkumlardan biridir. «Soliq» tushun- chasi o‘zining ildizlari bilan qadimga borib taqaladi. Davlat xazinasiga undiriladigan har xil (mag‘lub bo‘lgan davlatning to‘lovlari, kontributsiya, domenlar, ya’ni foyda keltiruvchi davlat mulki, yer va o‘rmonlar, davlat hududiga olib kirish va olib chiqib ketishdagi boj to‘lovlari va boshqalar) tushumlar ko‘rinishida bo‘lgan. Qadimda davlatni moliyalashtirish mexanizmlari paydo bo‘layotgan bir davrda, soliqlar davlatning paydo bo‘lishi va undagi jamiyatning sinflarga bo‘linishida 433 muhim iqtisodiy munosabat sifatida yuzaga kelgan. Ingliz iqtisodchisi S. Parkinsonning fikricha, «soliqqa tortish dunyo kabi qadimiy bo‘lib, uning boshlang‘ich shakllari mahalliy qabila boshliqlarining daryo boshlarini, ikki daryoning kesishgan yoki tog‘dan o‘tish joylarini to‘sib, undan foydalanganlik yoki savdogar va sayyohlardan ushbu yerdan o‘tganlik uchun to‘lovlar undirgan davrlarda paydo bo‘lgan». Soliqlarning hozirgi kundagi o‘rni esa huquqiy ong, iqtisod, davlat nazorat tuzilmaning yuqori darajadagi rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. Volterning so‘zlariga ko‘ra, «soliq to‘lash bu – o‘z mulkining bir qismini qolgan qismini saqlash uchun berish demakdir». Ushbu ta’rifda soliqning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi roliga urg‘u berilgan. Ikki yuz yil avval yashab o‘tgan ingliz iqtisodchisi A.Smit soliqqa quyidagicha ta’rif bergan: «Soliq – bu davlat tomonidan qiymati va to‘lash tartibi qonuniy qilib o‘rnatilgan yuk demakdir». 1819-yil ingliz iqtisodchisi D. Rikardoning Jamoalar palatasidagi mashhur nutqida: «Eng yaxshi soliq – bu kam to‘lanadigan soliqdir», – degani hammaga ma’lum. XIX asrning birinchi yarmida shveysariyalik iqtisodchi J. Sismondi soliq nazariyasini «rohatlanish nazariyasi» deb atagan. Soliq bu jabrlanish va shu bilan birga rohatdir, agarda shu qilingan jabr hisobiga davlat tomonidan ko‘rsatilgan xizmat natijasida foyda olinsa. Fuqarolar soliqlarga davlat tomonidan ularning o‘zlari va mulklarini himoyalashda ko‘rsatayotgan xizmati uchun to‘lanayotgan mukofot puli deb qarashlari lozim. XX asrning boshlarida italiyalik iqtisodchi F. Nitti davlatning soliqlar ta’sirida milliy bozorini rivojlanishdagi roliga ta’rif berdi. Jamoadan ajratib bo‘lmaydigan xizmatlar borki, ular, masalan, ichki xotirjamlik va tashqi himoya, huquqni himoya qilish, jamoat gigiyenasi, hudud himoyasi bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linmaydigan maxsus ko‘rsatilgan xizmatlarga alohida-alohida boj undirishning iloji bo‘lmaganligi uchun, bunday xarajatlarni qoplash uchun soliqlar undiriladi. Shunday qilib: «Soliq bu fuqarolar boyligining ular tomonidan davlatga va mahalliy organlarga o‘zlarining jamoa talablarini qondirish uchun to‘laydigan bir qismidir». Hozirgi kundagi soliqning ta’rifini berishda soliqqa tortishning majburiy xarakterga ega ekanligini, fuqaroning undan oladigan foydasi bilan soliq o‘rtasida hech qanday bog‘lanish yo‘qligiga urg‘u berib ta’rif berilmoqda. Demak, soliqlar qaytib bermaslik sharti bilan majburiy ravishda daromadlarni davlat budjetiga o‘tkazish bilan bog‘liq pul munosabatlaridir. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini yoritganda, uni faqat majburiy to‘lov deb kifoyalanmaslik kerak. Chunki, hozir xilma-xil 434 fondlar, ya’ni pensiya fondi, ish bilan band etish fondi, sug‘urta fondi ham majburiydir. Soliqlarning muhim xususiyatidan biri shuki, ular faqat davlatniki bo‘lib, u umumdavlat budjetiga tushadi. Vaholanki, boshqa fondlar ya’ni pensiya fondi, sug‘urta fondlari, faqat belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlatiladi (Masalan, pensiya fondini ish haqi fondiga o‘tkazib bo‘lmaydi). Soliq undirishni huquqiy tomondan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u soliq to‘lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga berish, demakdir. Ya’ni, bu degani soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo‘lib qolmay, shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun soliq tabiatini tushunishning qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o‘zida borliqning haqiqatda iqtisodiy, xo‘jalik va siyosiy tomonlarini o‘z ichiga olganligidadir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12- moddasiga muvofiq, «Soliqlar deganda, ushbu kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to‘lovlar deganda, ushbu kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi». O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli». Demak, har bir shaxs ushbu kodeksda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Bu degani soliqlar majburiy to‘lovlar bo‘lib, qonun asosida belgilanishiga iqror bo‘ldik. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling