Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan, qonun
oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiyot demokratiyani taqozo etadi. Shuning uchun ham, soliqlar mohiyatini ochishda uning eng demokratik to‘lov ekanligiga e’tiborni qaratish lozim. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida turli shakldagi korxonalar, birlashma va tashkilotlardan hamda aholidan ularning mulkini davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqsiz majburiy to‘lov qilib ololmaydi. 435 Belgilanayotgan soliqlar va yig‘imlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab quyishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga to‘sqin bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalardan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliqlarning asosiy mohiyatini ularning vazifalari, ya’ni soliqlarning jamiyat va davlatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy yo‘naltiruvchi kuch ekanligi ochib beradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotiga o‘tgan har bir davlatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet munosabatlariga va shu bilan birgalikda imtiyoz, jarima tizimlari orqali esa tovar (xizmat) ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ishlatiladi. Soliqlar orqali davlat o‘zining bir necha muammolarini hal qiladi, jumladan: — jamiyatning mavjud ehtiyojlari va uni qondirish uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasidagi tenglikka erishiladi; — tabiat boyliklaridan unumli foydalanish uchun jarimalar va boshqa turdagi chegaralar qo‘yish yo‘li bilan tabiatga zararli bo‘lgan ishlab chiqarishlarning tarqalmasligiga erishiladi; — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko‘pgina turdagi jamiyatning muammolari hal qilinadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling