Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Banklarning kredit portfeli


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan 
kreditlarning umumiy jamlanmasi bo‘lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) 
yaxshi; b) standart; c) substandart; d) shubhali; e) umidsiz. Tijorat banklarining 
ma’lum muddatga ssuda hisobvaraqlarida qolgan pul mablag‘lari majmui 
(qoldig‘i). 


 430
Bugungi sharoitda esa bunday ijobiy o‘zgarish iqtisodiyotimizning 
istiqboldagi taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Aytish kerakki, 
tashqi qarzlar aksariyat hollarda uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik 
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalash 
uchun jalb qilinmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi 4051-sonli 
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini 
qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq: 
– tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga 
beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli 
mikrokreditlar bo‘yicha maksimal stavkani yillik 5 ɮɨɢɡɞɚɧ 3 ɮɨɢɡɝɚ;
– kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma 
mablag‘larini to‘ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish 
haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo‘yicha – Markaziy bank 
tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga; 
– kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng 
kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari 
bo‘yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi. 
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha 
vakillari tomonidan kreditga bo‘lgan talabning va ayni paytda ularga 
berilayotgan kredit hajmining yildan yilga oshib borishiga olib kelmoqda. 
Jumladan, 2005–2009-yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes 
subyektlariga berilgan jami kreditlar miqdori 4,4 barobar, mikrokreditlar 
miqdori esa 7,1 barobar oshgan. Shu o‘rinda tijorat banklari kreditlari 
to‘g‘risida so‘z borganda, ularning maqsad yo‘nalishlari jihatidan tarkibi ham 
takomillashib borayotganligini ta’kidlash lozim.
Banklarning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan kreditlarining 
umumiy kredit portfelidagi ulushi qariyb 70 foizni tashkil etdi
iqtisodiyotimizning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarining umumiy hajmi 
esa 2009-yilda 2000-yilga nisbatan 14 barobar oshdi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling