Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Soliqqa tortish subyekti (soliq to‘lovchi) – qonunga ko‘ra soliqlar,
yig‘imlar va to‘lovlarni huquqiy jihatdan to‘lash majburiyati yuklatilgan 
yuridik va jismoniy shaxslardir.
O‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida 
mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-
mulki bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy 
huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, 
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la 
oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, undan tashqari ular 
mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. 
Jismoniy shaxslar deganda, soliqqa tortish obyektiga ega bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari
shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Soliq to‘lovchi va 
davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar doimiy turar joyi (rezidentlik) 
prinsipiga qarab aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida 
boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr 
mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan 
jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. 
O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik 
shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan 
o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs 
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. 
Soliqqa tortish obyekti yoki soliqqa tortish bilan bog‘liq obyekt 
deganda, soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi va mol-mulki tushuniladi. Nazariy 
jihatdan soliqqa tortish obyektlarini quyidagi ko‘rinishlarga bo‘lish 
mumkin: 
 mulkiy egalik (mol-mulkka egalik huquqi) va mulkka ega 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling