Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

to‘lash tartibiga rioya qilish, ya’ni soliqni budjetga undirilishida me’yoriy 
belgilangan usullar va tartiblardan foydalanish katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Soliq to‘lashning uch asosiy usullari mavjud: 
 deklaratsiya asosida soliq to‘lash (daromad olingandan so‘ng 
soliq to‘lash), ya’ni soliq to‘lovchiga belgilangan muddatlarda soliq 
organiga o‘zining soliq majburiyatlari bo‘yicha rasmiy ravishda ariza 
berishi lozim. Bunday holatlarda soliqni to‘lash majburiyati soliq 
to‘lovchining o‘ziga yuklatiladi;
 soliq undirishning daromadni to‘lov manbaida undirish usuli 
(daromad olgunga qadar soliq undirish), ya’ni to‘lov manbaida soliq 
avtomatik ravishda ushlanadi va budjetga o‘tkazib beriladi. Soliqni 
ushlash va budjetga o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik to‘lov manbaiga 
yuklatiladi (masalan, dividend va foizlarni to‘lanayotgan vaqtda); 
– soliq undirishning kadastr usuli – soliq summasi mulkdan olinishi 
mumkin bo‘lgan o‘rtacha daromadning tashqi belgilaridan kelib chiqib 
aniqlanadi. Bunda qat’iy hisoblangan soliq summasi belgilanadi (masalan, 
mol-mulk solig‘i). 


 441
Odatda, soliq majburiyatlarini bajarish (barcha yuqorida keltirilgan 
harakatlar) soliq to‘lovchi tomonidan, agarda Soliq kodeksida boshqa 
tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Soliqning 
asosiy elementlari bo‘lgan soliq imtiyozlariga to‘xtalsak. Soliq 
imtiyozlardan asosiy maqsad soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha 
majburiyatlarini qisqartirishdir (kamdan kam holatlarda ularga to‘lash 
muddatlarini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi). 
Imtiyoz deganda, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa 
soliq to‘lovchilar bilan qiyoslaganda soliqlar to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar berilishi, shu jumladan soliq 
(yig‘im) to‘lamaslik yoxud kam hajmda to‘lash imkoniyati tushuniladi.
Prezident Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
asarida: «2009-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayot-
gan kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lov stavkasi 8 foizdan 7 
foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatayot-
gan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan 3 yil 
muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, 
nodavlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar oladigan dividendlarining 
investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga 
yo‘naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. Shuningdek, 
Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilda xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish 
ko‘zda tutilgan», – deb ta’kidlab o‘tgan
1
.
Har xil soliqlar bo‘yicha imtiyozlar avvaldan iqtisodiyotning ustuvor 
yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llanilgan. Misol uchun, 
XIV asr – Amir Temur davrida imtiyozlar yangi yer uchastkalarini 
o‘zlashtirish maqsadida qo‘llanilgan. Amir Temur tomonidan quyidagi 
tizim ishlab chiqilgan: sug‘orilmaydigan yangi yerlarga ekin ekib, u 
yerlarni ekishga moslashtirgan dehqonga birinchi yili olgan daromadini 
soliqlardan to‘liq ozod qilingan, ikkinchi yili o‘zi qancha to‘lay olsa, 
shunchasini to‘lagan, uchinchi yildan boshlab esa umumiy belgilangan 
tartibda soliq to‘lay boshlagan. 
O‘zbekistonda soliq siyosatini ishlab chiqishda mustaqillikning ilk 
yillaridanoq Prezident Islom Karimovning: «Biz mehnatkashlarni ijtimoiy 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
2009. – Ȼ. 47.


 442
himoya qilish yo‘li bilan bozor iqtisodiyotiga kirib boramiz», – degan 
ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilindi.
1
Imtiyozlarni belgilash bilan hukumat davlat rivojlanishi nuqtai 
nazaridan lozim bo‘lgan ishlab chiqarish va ustuvor yo‘nalishdagi 
tarmoqlarni belgilab beradi. Ammo, bir tarmoq ichida individual korxona 
yoki tashkilotga imtiyoz berish esa bozor munosabatlari va soliq 
siyosatiga qarama-qarshidir. Imtiyoz berishning bunday usuli soliq 
to‘lashning majburiyligi tushunchasiga teskari bo‘lib, soliq tizimining 
yemirilishiga olib keladi. 
Soliqlarni har xil belgisiga qarab bir necha xil ko‘rinishda tasniflash 
mumkin. Soliqqa tortish obyektining to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro 
munosabatlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. 
Bulardan birinchisi, moddiy boylikni sotib olish va to‘plash jarayonida 
undirilsa, ikkinchisi – uni sarf qilish jarayonida undiriladi. Bevosita 
soliqlar jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlaridan undirilsa, 
bilvosita soliqlar esa soliq tizimining bo‘g‘iniga ko‘chirilgan bo‘lib, unda 
soliq yuki oxirgi foydalanuvchiga – xaridorga ko‘chirilgan. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling