450
modernizatsiya qilish,
uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan
zamonaviy soliq tizimi
yaratildi.
1-ɠɚɞɜɚɥ
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i maksimal stavkasining
pasayishi va shkalaning o‘zgarishi
Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich
kamaytirilishi olib
borilayotgan soliq islohotlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Misol uchun, agar 1994-yili korxonalarning daromad solig‘i stavkasi 45
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib, u 9 foizga tushdi.
Bu borada takroriy soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda xo‘jalik
subyektlari uchun soliq bojini kamaytirish maqsadida ilgari daromad
solig‘i to‘lashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilgan
ish haqi xarajatlari
va boshqa bir qator xarajatlar daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish
bazasidan chiqarildi.
Ayni vaqtda
ichki talabning kengayishi, aholi real daromadlarining
ko‘payishi va turmush darajasining yanada oshishini rag‘batlantirish
maqsadida soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish va jismoniy
shaxslarning daromad solig‘i stavkasini sezilarli darajada pasaytirish
chora-tadbirlari amalga oshirildi.