468
3. Soliqlar nima uchun zaruriyat hisoblanadi?
4. Soliqlar qanday vazifalarni bajaradi?
5. Soliqlarning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini tushuntiring.
6. To‘g‘ri va egri soliqlarning mohiyatini yoritib bering.
7. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qachon qabul qilingan?
8. Soliq yuki nima?
9. Soliqlar qanday undiriladi?
10. Soliq organlarining huquq va majburiyatlari nimalardan iboratligini
tushuntirib bering.
11. Soliq ayovchanligi nima?
12. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekistonda soliq
tendensiyalari qanday?
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Soliq – xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunga muvofiq amalga oshiradigan
majburiy to‘lov.
Soliqqa tortishning bazaviy muammosi – adolat va samaradorlikning
ziddiyatli birligi.
Soliq (ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan)
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar
o‘rtasida daromadni ayni vaqtda individga, ya’ni inson va jamiyat a’zosi
bo‘lgan, inson manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlash borasida yuzaga keladigan
ijtimoiy munosabatlar shakli.
Soliqlar – davlat budjeti yoki mahalliy budjetlarga jismoniy yoki yuridik
shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari yoki ishlab
chiqarish omillaridan foydalanganliklari uchun majburiy to‘lovlar.
Soliq huquqi – huquqiy normalarning majmui bo‘lib,
u davlat soliq
tuzilmasini aniqlaydi, soliq tizimini belgilab beradi,
shuningdek soliq
majburiyatlarini bajarish jarayonida hosil bo‘ladigan munosabatlarni tartibga
solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: