469
• soliq qonunchiligini talqin qilishda xususiy mulk egasining
prezumpsiya prinsipi;
• xalqaro huquq me’yorlarining ustuvorligi prinsipi.
Soliq bazasi – soliq olinadigan pul miqdori.
Soliq tizimi – mamlakatda mavjud bo‘lgan
soliqlar, ularni undirish shakl
va usullari, shuningdek tegishli davlat tashkilotlari va muassasalarining o‘zaro
aloqador birligi.
Soliq stavkasi – soliq bazasining soliq to‘lovchi shaxs u yoki bu soliq
tarzida to‘lashi lozim bo‘lgan qismi.
Soliq to‘lovchi – qonunda soliq majburiyatlari yuklatilgan iqtisodiy agent.
Soliqning o‘rtacha stavkasi (AT) – soliqqa tortiladigan daromad
miqdoriga bo‘lingan umumiy soliq.
Fiskal siyosat – hukumatning to‘liq ish bilan bandlik va narx darajasining
barqarorligi sharoitida iqtisodiy o‘sishning yangi sifati barqaror sur’atlarda
oshib borishi uchun qo‘llaydigan davlat xarajatlarini va soliqqa tortish tartibini
o‘zgartirish borasidagi choralari tizimi.
Ekspansionistik fiskal siyosat – davlat xarajatlarini ko‘paytirish,
soliqlarni kamaytirish yoxud ushbu choralarni birgalikda qo‘llash.
Restruktiv fiskal siyosat – davlat xarajatlarining qisqartirilishi,
soliqlarning ko‘paytirilishi yoxud ushbu choralarning birgalikda qo‘llanishi.
Soliqning eng katta stavkasi (MT) – daromadning har bir qo‘shimcha
so‘mi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha soliq kattaligi.
Do'stlaringiz bilan baham: