Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga 
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga 
nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. 
Soliq krediti – budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini ma’lum 
muddatga kamaytirish, kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki soliqni qaytarish 
shakli. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim 
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi 
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, shuningdek ular yuzasidan soliq 
hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi 
alohida tartibi. 
Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi 
hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi. 
Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalarini kamaytirish 
va imtiyozlar yaratish. 
Soliq imtiyozi deganda, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa 
soliq to‘lovchilar bilan qiyoslaganda, soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan afzalliklar berilishi, shu jumladan soliq (yig‘im) to‘lamaslik 
yoxud kam hajmda to‘lash imkoniyati tushuniladi. 
Soliqqa tortish obyektining to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro 
munosabatlariga qarab bevosita (shaxsiy daromad solig‘i, real mol-mulk 
solig‘i) va bilvosita (individual soliq, universal QQS, import-bojxona bojlari) 
soliqlarga bo‘linadi. 
 Hamma soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi: 
• iste’molga qo‘llaniladigan soliqlar
• daromadga qo‘llaniladigan soliqlar; 
• mulkka qo‘llaniladigan soliqlar; 


 471
• boshqa soliqlar. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling