Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- AGRAR SOHADAGI IQTISODIY MUNOSABATLAR 1. Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati
- Kolxozchilar, sovxoz
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar:
1. Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shartidir. 2. Soliqqa tortish iqtisodiy madaniyatning bir elementi bo‘lib, davlatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tgan yoki o‘tmaganligiga qaramay, ularning hammasiga xosdir. Soliqlarning hozirgi kundagi o‘rni esa huquqiy ong, iqtisod, davlat nazorat tizimining yuqori darajadagi rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. 3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda keng miqyosdagi soliq islohotlari amalga oshirildi. Natijada bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, davlat budjetini to‘ldirishni va davlatning zarur xarajatlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan, shuningdek aholi daromadlarining o‘sishini, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi yaratildi. 4. Soliq qonunchiligi – bu soliq to‘lovchilar va soliqchi o‘rtasidagi majburiyat, ma’lum huquqiy munosabatlarni aks ettiradi. Soliq qonunlari soliqlarning turlari, soliq obyekti, soliq stavkasi, soliqni hisoblash va to‘lash tartibi, soliqqa tortish bo‘yicha imtiyozlarni aniqlab beradi. O‘zbekistonda soliq qonunchiligini takomillashtirish, soliq huquqini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, soliq to‘lovchilarni ularning xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bilan bir vaqtda, soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir. 473 16-MAVZU. AGRAR SOHADAGI IQTISODIY MUNOSABATLAR 1. Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining muhim tarmog‘idir. U aholining qishloq xo‘jalik mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Qishloq xo‘jaligining xususiyati shundan iboratki, u ko‘proq ob-havo va iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Albatta, unda suv resurslari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi davrda aholi iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 95–97 foizga yaqini shu tarmoqda yetishtiriladi. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bir oz kamayishi mumkin. Lekin shunga qaramay, tarmoqning iqtisodiy salohiyati respublika iqtisodiyotida sezilarli darajada bo‘laveradi. Chunki, respublikamiz agrar industrlashgan davlatdir. O‘zbekiston aholisining uchdan ikki qismi qishloqlarda yashamoqda. Jami mehnat resurslarining 40 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qatnashmoqda. Tarmoqda mahsulot yetishtirish uchun 25,8 mln. ga qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanilmoqda. Bu qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan umumiy yer maydonining 74,6 foizini tashkil etadi. Ma’lumki, eng unumdor yerlar sug‘oriladigan yerlardir. Ularning 95,1 foizidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining mustaqillik yillari arafasidagi vaziyati. Prezident Islom Karimov Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida «Qishloq xo‘jalik sohasini, qishloq taraqqiyotini mamlakatimiz rivojining yetakchi kuchi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasini ko‘tarishga alohida ahamiyat berilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotimiz negizlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lganligini» ta’kidlagan edi. O‘zbekistonning o‘ziga xos milliy taraqqiyot modeli va mashhur besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, qishloq taraqqiyoti va farovonligini ta’minlashga qaratilgan tub o‘zgarishlar siyosati o‘tgan asrning 80-yillari oxiridan boshlangan yangilanish va bunyodkorlik jarayonining tarkibiy qismidir. Shu o‘rinda o‘sha davrlarda qishloqlarimizning ahvoli, u yerda istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzi qanday edi, degan savol tug‘iladi. 474 Ta’kidlash joizki, o‘sha davrda respublikamizni sobiq ittifoqning xom ashyo bazasiga aylantirish maqsadi mustabid tuzum manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilar edi. Mamlakat iqtisodiyoti asosan bir soha – paxtachilikdan iborat bo‘lib, boshqa sohalarga ham shu nuqtai nazardan munosabat bildirilar edi. Barcha ekin maydonlarining bor-yo‘g‘i 8–10 foiziga bug‘doy ekilgani ham mash’um paxta yakkahokimligining og‘ir oqibatlari natijasi edi, xolos. Shuning uchun ham mamlakat hayoti uchun eng zarur mahsulotlar – don, go‘sht, sut, kartoshkaning katta qismi chetdan olib kelina boshlandi. 1989-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy ekin maydonlarining 95 foizdan ortig‘i kolxoz va sovxozlar, demak, davlat ixtiyorida edi. XX asr boshida «Yer – dehqonlarniki» shiori ostida o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganlar hech qancha o‘tmay kollektivlashtirish siyosatini o‘ylab topgan edilar. Natijada, barcha ekin maydonlari aholidan tortib olindi. Pirovardida 1960–1980-yillar davomida O‘zbekistonda tomorqa ajratish deyarli to‘xtab qolgan edi. Hatto qishloqlarda ham 8 yoki 10 sotix hovlida 3–4 oila yashashga majbur bo‘ldi. O‘sha davrda mavjud ekin maydonlarining 4 foizga yaqini shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari ixtiyorida edi, xolos. Paxta yakkahokimligi, qishloq bilan shaharni sun’iy tarzda yaqinlashtirish siyosati 1989-yilning 29-iyuniga, ya’ni O‘zbekistonda mamlakat rahbariyati almashganiga qadar davom etdi. Qishloq dardini, muam- molarini yaxshi tushungan, yurakdan his etgan Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1989-yil 15-avgustda «Kolxozchilar, sovxoz Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling