Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 
 (gektariga sentner hisobida) 
1990-yil 2000-yil 2010-yil 
Paxta xom ashyosi 
22,6 
22,8 
25,6 
Don ekinlari 
20,2 
28,2 
44,2 
Kartoshka 80,0 
129,3 
194,9 
Sabzavot 192,0 
183,8 
252,5 
Poliz 115,0 132,4 
192,6 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 
Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz 
fermerlikni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim 
muammolarni, xususan, fermer xo‘jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, 
ularning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni 
qat’iy talab etmoqda. Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jalik-
larining ish tajribasi shundan dalolat beradiki, ularni shakllantirishning 
dastlabki bosqichida ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi 
mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o‘sishiga ko‘p jihatdan 
to‘sqinlik qilmoqda. 
Imkoniyati, kuch-quvvati kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklari o‘zini zarur 
texnika, aylanma mablag‘ bilan ta’minlash, kredit qobiliyatiga ega 
bo‘lish, eng asosiysi, o‘z xarajatlarini qoplash va foyda ko‘rib ishlash, 
daromadni oshirishning ishonchli asosiga aylana olmasligini bugun 
hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shu bois, yer maydonlarini to‘liq 
inventarizatsiyadan o‘tkazish va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tanqidiy 
baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish borasida 
keng ko‘lamli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi. 
Bunda fermer xo‘jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va 


 487
mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga 
olindi. 
Ana shu ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer 
maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g‘allachilikda o‘rtacha 37 
gektardan 93,7 gektargacha ko‘paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu 
ko‘rsatkich sabzavotchilikda 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 
barobar, chorvachilikda esa 154 gektardan 164,5 gektargacha ko‘paydi. 
Fermer xo‘jaliklari texnika vositalarini imtiyozli shartlar bo‘yicha 
lizing asosida xarid qilishi uchun texnika boshlang‘ich narxining 15 
foizini to‘lab, qolgan 85 foizini 10 yil muddat ichida to‘lash imkoniyatiga 
ega bo‘ldi. Bunda lizingdan foydalangani uchun yillik foiz to‘lovlari 
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmaydigan 
qilib belgilandi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan narx islohoti qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlariga narx belgilashda erkin bozor munosabatlarini 
bosqichma-bosqich joriy etishga yo‘naltirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi 
«Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida»gi PF-3114-sonli 
farmoniga asosan, davlat tomonidan sotib olinayotgan paxta xom 
ashyosining narxini jahon bozoridagi narxlar darajasidan kelib chiqqan 
holda belgilash tizimi joriy etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli 
qaroriga muvofiq, 2009-yilda davlat budjeti parametrlarida eksportga 
sotiladigan paxta tolasi bo‘yicha 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i 
(QQS) to‘lashdan paxta tozalash korxonalari ozod etildi, natijada shu 
miqdorda fermerlarga paxta uchun to‘lanadigan xarid narxlari oshirildi. 
Shu orqali davlatimiz tomonidan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini 
va tayyorlov korxonalarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, paxta 
tolasining ichki narxlarini jahon bozoridagi narxlarga tenglashtirish 
choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda jahon bozorida 
paxta tolasi narxlarining birmuncha yuqori ekanini inobatga olgan holda, 
narx bo‘yicha yuzaga kelgan ijobiy farqning 25 foizini fermer 
xo‘jaliklariga to‘lab berish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, 2011-yil davomida fermer xo‘jaliklariga 
yo‘naltirilgan ijobiy farq summasi 403 315 million so‘mni tashkil etdi. 
Bu holat jahon bozorida qulay konyunktura vujudga kelgan yillarda 
fermer xo‘jaliklarining barqaror daromad olishi uchun yangi imkoniyatlar 
ochadi. 
Davlat tomonidan sotib olinayotgan g‘alla narxlarini esa mintaqaviy 
bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi. 


 488
Boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari bozordagi talab va 
taklifdan kelib chiqqan holda, shartnoma asosida belgilanmoqda. Keyingi 
yillarda fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat 
ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer 
xo‘jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 
mablag‘lar ajratish amaliyotda qo‘llanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi «Hosildorligi past yerlarda davlat 
ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan fermer 
xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-725-
sonli qarorida fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish, ularga samarali va amaliy davlat madadini 
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida 
hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratish, Moliya vazirligiga 
har yili davlat budjeti loyihasini shakllantirishda mazkur maqsadlarga yer 
solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobidan mablag‘lar ajratish vazifasi 
yuklatildi.
Mazkur qarorga muvofiq, ball boniteti past yerlarda davlat ehtiyojlari 
uchun paxta xom ashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fermer 
xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga davlat budjetidan 
ajratilayotgan mablag‘lar qiymati 2008-yildagi 60 milliard so‘mdan 2012-
yilda 160 milliard so‘mga oshdi. 
5-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling