Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga davlat budjetidan ajratilayotgan subsidiyalar qiymati, milliard so‘mda Yillar 2008 2009 2010 2011 2012 Milliard so‘m 60 120 130 140 160 Ushbu mablag‘lar fermerlarning xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi qarzlarini qisqartirishda salmoqli manba bo‘lmoqda. Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 575 gektar yer maydonlarida intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu 489 bog‘larda yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo‘lgan mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bunday bog‘larning yaratilishi mamla- katimiz aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini yaratadi. Birgina 2011-yilning kuzi va 2012-yilning bahorida jami 7661 gektar maydonda yangi mevali bog‘lar, shundan 2110 gektar yer maydoniga intensiv bog‘lar barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi bog‘larni qayta ekish uchun rekonstruksiya qilish belgilangan. Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovitish kameralariga ega bo‘lgan omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli qaroriga muvofiq, aholi va tashqi bozorlarga yil davomida muntazam meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2011– 2015-yillarda 120,8 ming tonna sig‘imga ega yangi sovitish kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig‘imga ega mavjud sovitish kameralarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish vazifasi, birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va irrigatsiya-melioratsiya holatiga bog‘liq. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga ko‘ra, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 50–60 foizga, o‘ta sho‘rlangan yerlarda esa 90–100 foizga past bo‘lishi aniqlangan. Hozirgi vaqtda yurtimizda jami sug‘oriladigan yerlarning qariyb 49 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, buning qariyb 18 foizi kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardir, 23 foizdan ortig‘i boniteti past yerlar toifasiga kiradi. O‘tgan yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932-sonli farmoniga muvofiq, «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008– 2012-yillarda yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» ishlab chiqildi. Dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va takomillashtirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi tadbirlar majmuini amalga oshirish mo‘ljallandi: 1) magistral va xo‘jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni, meliorativ nasos stansiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq drenajlarni tiklash; 490 2) meliorativ nasos stansiyalarini, gidrotexnika va suv o‘tkazuvchi inshootlarni va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash – tiklash ishlarini amalga oshirish; 3) suv xo‘jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 6-jadval Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling