«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturining
asosiy yo‘nalishlari
Bo‘limlar
Dasturning asosiy yo‘nalishlari
I
Qishloqda yashovchilarning manfaatlarini yanada to‘liqroq
ta’minlash uchun qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada
takomillashtirish va mustahkamlash.
II
Qishloqda uy-joy va ijtimoiy soha obyektlarini qurishni
loyihalashtirish, qishloq aholi punktlarini me’moriy rejalashtirishni
tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish.
III
Qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish asosida qishloqda turmush sifatini oshirish.
IV
Mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish,
mahalliy materiallardan yig‘ma konstruksiyalardan foydalangan
holda qishloqda industrial va yig‘ma texnologiyaga qurilishini joriy
qilish.
V
Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi mavjud korxonalarni
rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish hisobidan qishloqni
kafolatlangan elektr energiyasi bilan to‘xtovsiz ta’minlash uchun
sharoitlar yaratish.
VI
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich
chuqurlashtirish, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, ularning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, imtiyozlar berish,
qishloqda shakllanadigan yangi mulkiy munosabatlarni, o‘rta tabaqa
– mulkdorlarning, tadbirkorlarning va ishbilarmonlarning
manfaatlarini ishonchli himoya qilish.
Dasturning prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi yo‘nalish-
lariga:
birinchidan, mazkur dastur ijrosi bilan bog‘liq qonunchilik va
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash,
yangi qonunlar qabul qilish, tegishli qonun hujjatlariga, Yer kodeksiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur. Qishloqda ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona
foydalanishni tartibga solish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |