Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor va nobozor daromadlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Bozor va nobozor daromadlar 
Daromadlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabiati, shakllanishi mexanizmi va 
o‘zlashtirish usullari ularni turkumlashning muhim mezonlari hisoblanadi. 
O‘tish davrida daromadlar tabiati jihatidan bozor va nobozor turlariga 
ajralib, iqtisodiy va huquqiy jihatdan qonuniy va noqonuniy tus oladi. 
Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlarining turli omillar ta’sirida 
tabaqalanishini yuzaga chiqaradi va bu daromadlarning kam 
turkumlanishiga olib keladi. Bunday turkumlanish bozor talablaridan 
kelib chiqqan holda har xil yondashuvlar orqali, ya’ni mavjud iqtisodiy 
resurslarning qay darajada samarali ishlatilishiga nisbatan pirovard 
natijaning ham farqlanishiga olib keladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tarkibi daromad manbaiga, 
ya’ni uning qayerdan kelishiga qarab ham shakllanadi. Shu jihatdan 
mehnat natijasidan, tadbirkorlikdan, mulkdan kelgan daromad va transfert 
(nochorlarga budjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi 
daromadlar ma’lum nisbatda bo‘ladi. Daromadlarning turlariga nisbatan 
turkumlanishi 2-chizmada aks engan. 
Daromadlar turkumlanishida bozor daromadlari asos sifatida yuzaga 
chiqadi. Chunki bozor daromadlari subyektlarning bozor orqali ishlab 
topgan daromadlari yig‘indisidan tashkil topadi. Daromadning bu turi 
bozor uchun ishlash, resurslarni samarali ishlatish va tan olingan natijaga 
to‘lanadigan haq sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bozor daromadlari – bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z 
 
resurslarini bozor qonun-qoidalariga binoan ishlatib topgan pul
tushumlaridir.
Daromad keltiruvchi resurs – bu tovar va xizmatlarni yaratish uchun 
umuman zarur bo‘lgan barcha moddiy va mehnat vositalaridir. Ishlab 
chiqarish omillari – bu tovar va xizmatlarni yaratishda bevosita ishtirok 
etuvchi barcha moddiy va mehnat vositalaridir. 
Bizningcha, daromadga bozor tavsifini berish uchun nafaqat uni 
topish usullari, balki buning qanday shaklda bo‘lishini ham nazarda tutish 
darkor. Natural moddiy shakldagi daromadlar ishlab topilgan bo‘lsa-da, 
ularni bozor daromadi deb hisoblash mumkin emas, chunki bozor 
daromadlari tovar-pul munosabatlarini ifoda etganidan, ular albatta pul 
shaklida olinishi kerak. Nobozor daromadlari bozor daromadlaridan 
farqliroq ham natural, ham pul shakliga ega. 
Binobarin, bozor va nobozor daromadlarini tavsiflashda ikki mezon 
asos bo‘lishi kerak. Birinchisi – daromadni olish usuli, ikkinchisi – uning 
shakli. 


 512
2-chizma 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling