Aholi daromadlari


Download 17.2 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi17.2 Kb.
#1164508
Bog'liq
STATISTIKA MUSTAQIL ISH


Mavzu:Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
Reja:
1.Kirish
2.Aholi daromatlari
3.Aholi xarajatlari
4.Xulosa
5.Qo’llanilgan adabiyotlar

Aholi daromadlari – barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatiladi.

Aholi harajatlari – aholining tirikchilik oʻtkazish uchun qilgan pul sarflari; aholi pul daromadlarining ishlatilishi. Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Daromadlar iste’mol tovarlari va xizmatlarni harid etish, turli toʻlovlarni toʻlash, jamgʻarma hosil etish uchun sarflanadi. Aholining ob’ektiv chegarasi daromad boʻlsa, uning sub’ektiv chegarasi daromad egasining didi, erki, nimani afzal koʻrishidir. Shu tufayli daromad bir xil boʻlsada, harajatlar tarkibi turlicha boʻladi. Daromad qanchalik koʻp boʻlsa, oziq-ovqat uchun sarflar qisqarib, sanoat mollari va xizmatlarni harid etish harajatlari, chunonchi, uzoq muddat xizmat qiluvchi qimmatbaho tovarlar haridiga pul koʻproq sarflanadi. Shu jihatidan aholi turli toifalarining harajatlari bir-biridan farqlanadi. Kambagʻal oilalarda ovqatlanish harajati ustivor boʻlsa, toʻq va boy oilalarda kiyinish, dam olish, sayohat qilish, qimmatbaho tovar harid etish sarflari ustun turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan va xalqi farovon yashaydigan mamlakatlarda aholining oziq-ovqat uchun sarflari qisqarib, minimal darajaga tushadi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Aholi tarkibida oʻzgarishlar paydo boʻldi. Aholi harajatlarida oziq-ovqat sarflari bilan bir qatorda, nooziq-ovqat tovarlarini harid etish, pul jamgʻarish va qimmatbaho qogʻozlarni orttirishga qaratilgan harajatlar ham kuzatiladi.
Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling