Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Aholi daromadlarining tabaqalanishi va ijtimoiy chegarasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Aholi daromadlarining tabaqalanishi va ijtimoiy chegarasi 
Bozor tizimi teng imkoniyatlar beradi, lekin u kishilarning ishlab 
pul topish qobiliyatlarini ijtimoiy maqomini tenglashtira olmaydi. Bu 
qobiliyat tabiiy, chunki kishilarning aql-idroki va kuch-quvvati har xil 
bo‘ladi. Biroq ozmi-ko‘pmi bir xildagi tug‘ma qobiliyatlarning yuzaga 
chiqishi ijtimoiy muhitga, kishilarning ijtimoiy holatiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Shu jihatdan olganda, inson kapitaliga investitsiyalar ko‘p 
kiritilgan yerda (masalan, rivojlangan mamlakatda) tug‘ma qobiliyat 
to‘laroq yuzaga chiqadi. Aksincha, bunday investitsiya qilishga moliyaviy 
resurslari yetishmagan mamlakatlarda qobiliyatni rivojlantirish imko-
niyati cheklanadi. Albatta, ijtimoiy tabaqalashuvga kishilarning qaysi 
ijtimoiy guruhga mansubligi ham ta’sir qiladi. Odatda dehqon 
xonadonlarida ish kuchi sifatini oshirish uchun mablag‘ hamma vaqt ham 
yetishmaydi, aksincha, tadbirkorlar yoki xizmatchilar xonadonida buning 
imkoni ko‘proq bo‘ladi. Boy xonadonlarda yuqori sifatli, lekin pulli 
ta’lim-tarbiya xizmatlarini xarid etishga pul topiladi, kambag‘al 
xonadonlarda esa buning iloji bo‘lmaydi. Qobiliyatlarni yuzaga chiqarish 
darajasi mamlakatlarning rivojlanish modeliga ham bog‘liq. Agar 
rivojlanish modeliga ko‘ra ijtimoiy xizmatlarning aksariyat qismini davlat 
moliyalashtirib, aholiga bepul yetkazib bersa, shu yerda ish kuchi rivoj 
topadi, u yuqori unumdorlik beradi va shu bois daromad topish ham 
ko‘payadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida rivojlangan 
mamlakatlarda ham davlatning ijtimoiy xarajatlari borasida ancha 
murakkabliklar tug‘ilmoqda. 


 514
O‘zbekistonda davlat budjetdan ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini 
moliyalashtiradi, ulardan esa xalq bepul foydalanadi. Bu ne’matlardan 
hamma bahramand bo‘lgani bois, ish kuchining sifati ortadi. Davlat 
yordamida aholining keng tabaqalari o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish 
imkoniga mustaqillik bois ega bo‘ladi. 
Ijtimoiy tabaqalanishning yana bir omili oilaning demografik 
tarkibidir. Oilada pul topuvchilar qanchalik ko‘p bo‘lib, boqimandalar oz 
bo‘lsa, bu yerda jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad shunchalik ko‘p 
bo‘ladi. Bunday bog‘liqlik O‘zbekistonda yaqqol kuzatiladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling