Molekulaaro kuch


Download 72.5 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1430584
  1   2   3   4
Bog'liq
Makromolekulalardagi o’zaro ta’sirlashuv kuchlari


Makromolekulalardagi o’zaro ta’sirlashuv kuchlari
REJA

  1. Molekulaaro kuch.

  2. Van-der-Vaals kuchi.

  3. Qutblanish.

  4. Vodorod bog‘lanish.

Molekulalararo kuch. Ma’lumki, ximiyaviy jihatdan valenliklari tо‘yingan va elektroneytral molekulalar bir-biriga yaqin kelganda о‘zaro tortishadi. Demak, molekulalarni bir-biriga tartib turadigan molekulalararo kuch mavjuddir. Bu kuch ta’sirida gazlar suyuqlikka aylanadi, molekulalar bir-biriga tortilib, mustahkam kristall hosil qiladi, bir molekula ikkinchi molekula yuzasiga tortilib adsorbilinadi va hokazo. Molekulalararo kuch Van-der-Vaals tenglamasida e’tiborga olingan va u ga teng. Shu sababdan, molekulalararo kuch Van-der-Vaals kuchi deb ataladi. Uzoq vaqtlargacha Van-der-Vaals kuchining tabiati noma’lum bо‘lib keldi, faqat sо‘nggi vaqtlardagina bu kuchning tabiati oydinlashtirildi. Bu kuch ham atomlararo kuch singari, elektr tabiatiga ega ekanligi aniqlandi. Molekulalararo kuch, asosan, 3 xil kuchdan (effektdan)-oriyentatsion, induksion va dispersion kuchlardan iborat. Endi bu kuchlarga qisqagina tо‘xtalib о‘tamiz.
Oriyentatsion kuch. Bu kuch qutblangan molekulalar orasida vujudga keladi. Qutblangan molekulalar bir-biriga nisbatan ma’lum tartib bilan joylashadi. Ularning qarama-qarshi ishorali qutblari bir-biriga yaqinlashgan vaziyatda о‘rnashadi. Natijada qarama-qarshi ishorali qutblar elektrostatik kuch (kulon kuchi) bilan bir-biriga tortiladi. Dipollar orasidagi bunday kuch oriyentatsion effekt (kuch) deb ataladi. Kizomi Van-der-Vaals kuchi oriyentatsion effektdan iborat deb fa raz qilgan edi. Shu sababdan, bu kuch Kizomi kuchi deb ham ataladi. Oriyentatsion kuchning energiyasi:
U0=- bu yerda,
1, 2- bir-biriga tortishayotgan molekulalarning doimiy tug‘ma dipol momenti;

  1. Bolsman konstanta;

r- molekulalar orasidagi masofa;
T- absolyut t0.
Issiqlik ta’siridagi harakat qutblangan molekulalarning tartibli joylanashicha tо‘sqinlik qilaganidan, oriyentatsion kuch t0 ga teskari proporsional bо‘ladi. Tenglama oldidagi (-) minus ishorasi energiyaning tortishuv ekanini kо‘rsatadi. Itarish energiyasi plyus bilan ifodalanadi.
Induksion kuch. Bu kuchni Debay kashf etgan. Bir-biriga yaqin kelgan molekulalarning biri qutblanmagan va ikkinchisi qutblangan molekula deb faraz qilaylik. Bu vaqtda tug‘ma dipoli bо‘lmagan molekula, tо‘g‘ma dipolli molekula ta’sirida qutblanadi. Natijada ikkinchi molekulada induksion dipol vujudga keladi va tug‘ma dipolbilan induksion dipol tortishadi. Shunday qilib, bu molekulalar bir-biri bilan tortishishadi. Bu tortishish kuchi induksion kuch deyiladi. Uning energiyasi qutbli molekulaning tug‘ma dipoli () ga va tug‘ma dipoli bо‘lmagan molekulaning qutblanuvchanligi (a) ga proporsional bо‘ladi:
Up=

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling