Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Demografik rivojlanish. O‘zbekistonda doimiy istiqomat qilayotgan 
aholi soni 2012-yilning nihoyasida 29,6 million kishini tashkil etdi. Bu 
ko‘rsatkich 1990–2010-yillar mobaynida 8,2 million kishiga ko‘paydi 
yoki 1,4 barobar oshdi. Yurtimizda jismoniy va ma’naviy barkamol 
avlodni tarbiyalashga qaratilgan, puxta o‘ylangan demografik siyosat 
natijasida aholining yillik o‘rtacha o‘sishi keyingi yillarda barqarorlashib, 
o‘tgan asrning 80 yillaridagi 2 foizdan ziyod ko‘rsatkich o‘rniga 1,4 foiz 
darajasida qayd etilmoqda. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Sir emaski, biz mustaqil 
taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat 
tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va turmush 
sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka katta e’tibor 
qaratmoqdamiz.
Keyingi o‘n yilda yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar 
ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifalarning 
daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq 
imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga 
ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda
daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga 
qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari 
va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng 
past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid 
qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining hayot darajasi va sifati 
ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir. Buning isboti tariqasida 
quyidagi misol va raqamlarni keltirmoqchiman.
Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga qat’iy muvofiq tarzda 
hisoblab chiqilgan iste’mol savati qiymatining faqat 8 foizini tashkil 
etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011-


 515
yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 
barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi»
1
, – 
deb ta’kidladi. 
Davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni himoya 
qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli onalar va bolalar 
o‘rtasida o‘lim darajasining izchil pasayishiga erishildi: mustaqillik 
yillarida bolalar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 1990-yildagi 34,6 
promilledan 2010-yilda 11,0 promillega, onalar o‘limi esa 100 ming tirik 
tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan tegishlicha 65,3 dan 21 ga tushdi. Natijada 
aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2010-
yilda 73,1 yoshga yetdi yoki 9 foizdan ko‘proq o‘sdi (3-chizmaga 
qarang). 
3-chizma 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling