Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Kambag‘allik global muammo bo‘lgani bois, uni tugatish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Kambag‘allik global muammo bo‘lgani bois, uni tugatish 
umumbashariy tus olgan. Buning uchun eng avval kambag‘allik 
sabablarini aniqlash, so‘ngra uni chegaralash chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish talab qilinadi. Nazariy jihatdan qaralganda kamba-
g‘allik sabablarini har xil deb baholash mumkin. Bulardan biri 
o‘tkinchi bo‘lsa, boshqasi doimiy bo‘ladi. Xalqaro tashkilotlar 
tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, kambag‘al bo‘lib qolish xavfining 
yuzaga chiqish sabablariga qarab, uning oldini olish choralari 
ko‘rilishi mumkin. Kambag‘allik xavfini har xil sabablar yuzaga 
keltiradi. 
Kambag‘allik xavfining sabablari orasida muhimlari mavjud. 
O‘zbekistonga misolida xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagicha: 
1) ishsizlik; 
2) o‘tmishda kambag‘allarning ko‘p bo‘lganligi; 
3) iqtisodning agrar strukturasi; 
4) ekologik holat;
5) aholining tez ko‘payib borishi. 
Bu sabablar obyektiv bo‘lganligi bois, ularni birdaniga yo‘qotib 
bo‘lmaydi. Biroq, bu muammoning kuchayishiga yo‘l bermaslik uchun 
eng avval bandlikni oshirish talab qilinadi. O‘zbekistonda aholi turmush 
darajasining ortib borishi va kambag‘allik miqyosini qisqartirish eng 
avvalo umumiqtisodiy o‘sishni taqozo etadi. Ma’lumki, Pareto prinsipiga 
binoan iqtisodiyot quyi darajadan yuqori darajaga ortgani sari 


 533
daromaddagi tafovutlar kamroq seziladi. Demak, kambag‘allik miqyosi 
va darajasi taraqqiyot darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgarib boradi. 
Kambag‘allik dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekiston uchun ham 
ijtimoiy muammolardan biri sanaladi. Bu muammoni tamomila hal etib 
bo‘lmaydi, chunki aholining tabaqalanishi obyektiv va iqtisodiyot uchun 
tabiiy bir hol. Lekin kambag‘allik ijtimoiy to‘qnashuvlarni yuzaga 
keltirishi mumkin, bu esa ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltiradi, jamiyat-
ning iqtisodiy yangilanishiga to‘sqinlik qiladi, unga xavf solishi ehtimol-
dan xoli emas. Shuni hisobga olib, kambag‘allik muammosini yumshatish 
zarur bo‘ladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda keng qamrovli tadbirlar amalga 
oshirilib kelinmoqda. Bular bandlik va daromadlar siyosatidir. 
Hozirgi bosqichda kambag‘allik miqyosini qisqartirishning asosiy 
yo‘nalishi bu investitsiya, shu jumladan xorijiy investitsiyani topish va 
eng arzon ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi. Bu kambag‘al qatlamlarga 
mehnati hisobidan o‘z ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Ish kuchi 
eksportini uyushtirish va aholining o‘sish sur’atlari pasayish 
tendensiyasini saqlash, an’anaviy eksportni saqlagan holda ilg‘or xorijiy 
texnologiyalarga tayanib, mahalliy arzon xom ashyolarni qayta ishlashga 
asoslangan eksportni kengaytirish, eksport qiluvchi subyektlarning jahon 
bozorining yangi segmentlarida mustahkam o‘rnashuvi, milliy bozor 
hajmini hisobga olgan holda, kichik biznes jumladan oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish kabilar katta ahamiyat kasb etadi. O‘tish davr 
iqtisodida kambag‘allik miqyosining qisqarishi mehnatdagi faollikni 
oshirish uchun shart-sharoit yaratilishi bilan yuz berishi mumkin. Shuning 
uchun ishlab topiladigan daromadni va, birinchi navbatda, mehnat 
daromadini o‘stirish uchun imkoniyat yaratilishi juda muhimdir. Bu hol 
kambag‘allarning o‘rtacha toifaga o‘tishiga imkon beradi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling