Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɣʆɥɢɧɢ ɢɡɱɢɥ ɞɚ-
ɜɨɦ ɷɬɬɢɪɢɲ – ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɦɢɡɧɢɧɝ ɦɭԟɢɦ ɨɦɢɥɢɞɢɪ // ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2010. – 8 ɞɟɤ. 524 «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo‘lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o‘rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning ushbu sohasi yurtimizda qanday katta sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini yuqorida qayd etib o‘tdik. Bu o‘rinda 2012-yilda mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54 foizga yetdi. Bu iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan ijtimoiy subyekt, u yuksak mehnat unumini ta’minlaydi, uning bilim va malakasi yuqori, siyosiy erkinliklarni kafolatlovchi kuch hisoblanadi, asosiy soliq to‘lovchi vazifasini o‘taydi, uning iste’moli bozor hajmini belgilaydi, jamiyatdagi iqtisodiy o‘sishni va xalq farovonligining yanada yuksak bo‘lishini ta’minlaydi. Tabaqalanish jarayonida kambag‘allar qatlami hosil bo‘lar ekan, uning o‘lchami ham bo‘lishi kerak. Kambag‘allik chegarasini tirikchilik minimumining qiymati belgilaydiki, daromadi shundan kam bo‘lganlar kambag‘allarni tashkil etadi. Daromadlar taqsimlanishidagi ɬɚɮɨɜɭɬɥɚɪ Jini koeffitsiyenti yordamida ham aniqlanishi mumkin. Jini koeffitsiyentidan ayrim mamlakat doiralarida shaxslar yoki uy xo‘jaliklari o‘rtasida daromadlarning (yoki ayrim hollarda xarajatlarning) mutlaq teng taqsimlanishidan ularni real taqsimlanishida yuz beradigan farqlanish darajalarini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Nolga teng Jinni koeffitsiyenti mutlaq tenglikni, 100 foizga teng bo‘lgan koeffitsiyent esa mutlaq tengsizlikni anglatadi. Boshqacha aytganda, Jinni koeffitsiyentining maksimal mazmuni (mohiyati) 100 foiz bo‘lib, bu barcha daromadlarning qandaydir birgina shaxs yoki xonadon tomonidan olinishini anglatsa, minimal mazmuni – nol esa mutlaq tenglikni ko‘rsatadi. Jinni koeffitsiyenti tengsizlikni aniqlashda eng ko‘p tarqalgan o‘lchovdir. Jahon banki Jinni indeksining turli yillar bo‘yicha hisoblangan ko‘rsatkichlarini beradi. Ular o‘zgarib turganidan har xil chiqadi. Daromadlarning ozchilik qo‘lida to‘planishi har xil kechadi, lekin bu ko‘rsatkich iqtisodi uncha rivojlanmagan mamlakatlarda yuqori bo‘ladi. Boylar va kambag‘allarni daromadlardagi hissasi ham mamlakatlar bo‘yicha farqlanadi. Tabaqalanishni tahlil etganda, iqtisodiyotning tuzilishini ham nazarda tutish kerak. Shu sababli daromadlardagi farqlarni taqqoslash bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. Bunda iste’moldagi farqlarni ham nazarda tutish kerak bo‘ladi. Bu, ayniqsa, o‘tish davridagi mamlakatlar uchun muhim. O‘zbekistonda, masalan, daromad haqidagi rasmiy ma’lumotlar iste’mol hajmini aniq belgilamaydi, chunki amalda hisobga kirmagan, yashirin 525 yo‘l bilan topilgan daromadlar ham borki, ular iste’molda ishtirok etadi. Buning ustiga natural iste’mol ham bo‘lib, u pul daromadlarining iste’mol buyumlariga aylanishini bildirmaydi. Bu daromad oldi-sotdini chetlagan holda xonadon iste’moliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda shaharliklar jami iste’mol etiladigan oziq-ovqatning 7,2 foizni xarid etmaydilar. Qishloqda esa xarid etilmay turib, o‘z xo‘jaligidan olib iste’mol qilingan oziq-ovqat 26,0 foizni tashkil etgan. Aholi kambag‘al qatlamlarining muammolari keskin ijtimoiy muammolar bo‘lib, u yoki bu darajada barcha mamlakatlarda mavjud. Kambag‘allikning umumsayyoraviy, umumbashariy xarakterga ega ekanligi uning sabablari umumiyligidan dalolat beradi. Hozirgi dunyo xilma-xil mamlakatlar majmuidir. Dunyodagi mamlakatlar iqtisodi rivojlangan, darajasi o‘rtacha va kam rivojlangan mamlakatlardan iborat. Ulardan har birining o‘zi turli guruhlarga mansubdir. Rivojlangan mamlakatlarda tafovutlar kuchli emas, mamlakatlarning iqtisodiy daraja bo‘yicha farqi ikki baravarga yaqin. Iqtisodi rivoj topgan mamlakatlarda moddiy to‘kinchilik bo‘lib, mahsulot va xizmatlar farovon yashash uchun yetarli bo‘ladi. Gap shundaki, ularni qayta taqsimlash jarayonida boylar daromadining bir qismining soliq vositasida olinib, kambag‘allarga berilishi mumkin. Shu sababli kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Ayni chog‘da boylik katta bo‘lganidan uning bir qismi egasidan olinib, kambag‘allarga berilishi boylardagi iqtisodiy faollik rag‘batlarini so‘ndirmaydi, iqtisodiy o‘sish uchun zarur investitsiyalarni ham cheklamaydi. Rivojlangan mamlakatlarda insoniylik prinsiplari ham kuchli bo‘ladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nochorlarga muruvvat qilish, muhtojlarga yordam sifatida qilinadigan xayr-ehson uchun sarflanadigan pulning miqdori boylikka to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Shu bois, rivojlangan mamlakatlarda kam ta’minlanganlar uchun yo‘naltiriladigan davlat mablag‘idan tashqaridagi xayr-ehson fondlarining miqdori o‘sib boradi. Boy mamlakatlarda daromaddagi ijtimoiy tafovutlarning kichik bo‘lishi, kambag‘allikning cheklanganligini keltirib chiqaradi. Kambag‘allik darajasini faqat ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki aholining o‘sishi bilan ham izohlash zarur. Iqtisodiyotda shunday qonuniyat mavjudki, aholi jon boshiga olinadigan daromadlarning o‘sishi ishlab chiqarish hajmiga va aholining soniga bog‘liq bo‘ladi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar ko‘payishi uchun ishlab chiqarishning o‘sishi aholi soni o‘sishidan, ko‘payishidan tez borishi talab qilinadi. 526 Rivojlangan mamlakatlarda aholining o‘sish sur’atlari pasayishga moyil bo‘lgani holda ishlab chiqarish tez o‘sadi, natijada jon boshiga hisoblangan daromad ortib boradi. Kam rivojlangan mamlakatlarda boshqacha hodisa yuz beradi. Bu yerda ishlab chiqarishning umumiy darajasi past bo‘ladi. Ammo XXI asrga kelib kambag‘allikning yashovchan ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Hatto jadal iqtisodiy o‘sish ham kambag‘allikning darhol tugatilishini kafolatlay olmayapti. Kambag‘allik dunyoda global hodisaga aylanib, narkotik moddalar va yuqumli kasalliklar kabi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Qit’alar, davlatlar o‘rtasida va davlatlar ichida, odamlarning yashash sharoitlarida katta tafovut mavjud bo‘lsa, shubhasizki, butun dunyo mamlakatlarida barqaror rivojlanish bo‘lmaydi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kambag‘allik va tengsizlik ko‘lamining ortishi insoniyatga tahdid solayotganligini anglagan dunyo jamoatchiligi uning oldini olish usullarini izlashmoqda. 2000-yilda dunyodagi 160 ta mamlakat yetakchilari BMTning Ming yillik deklaratsiyasini qabul qilib, insoniyat taraqqiyotining global maqsadlarini ma’qulladilar va bu bilan jahon jamoatchiligi 2015-yilga kelib kambag‘allikni ikki baravar qisqartirish maqsadini yana bir bor tasdiqladi. Mustaqil O‘zbekiston mazkur deklaratsiyani imzolagan davlat sifatida faol ijtimoiy siyosat yo‘lini davom ettirmoqda. O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir. . Qolgan barcha qoidalar ijtimoiy vazifalarni hal etishga, aholini ijtimoiy himoyalash sohasida qat’iy kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirilgan. O‘zbekiston islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshira borib, mustaqillikning dastlabki yillaridagi og‘ir larzalardan so‘ng daromad va iste’mol darajasini qayta tiklashga hamda talabning iqtisodiy o‘sish omiliga aylanishiga erishdi. O‘zbekiston BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlari dasturi parametrlarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bugungi kunda davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta’minlash 83,5 foizga yetdi, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat qabul qilgan dastur parametrlarini 527 bosqichma-bosqich qo‘lga kiritish imkonini berdi. Internet ma’lumotlariga ko‘ra ming yillik rivojlanish maqsadlari ijrosi dunyo xaritasida aks ettirilgan. Dastur ijrosi qariyb ro‘yobga chiqarilgan sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham borligini quvonch bilan ta’kidlash lozim. Natijada ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o‘limi ikki barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi uch barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetdi 1 . Islohotlarning hozirgi bosqichida davlat iqtisodiy o‘sish siyosati samarasini barcha insonlar uchun daromadlarni oshirishning keng imkoniyatlarini yaratishga qaratmoqda. 2004-yilda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2004–2006 va 2010- yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Yashash darajasini oshirish strategiyasida jamiyatning turli qatlamlari daromadlaridagi tengsizlikning dolzarb muammolari ifodalangan. Bu tajribadan bosh xulosa – turmush darajasini oshirish vazifasiga atroflicha (kompleks) yondashuvning muhimligidir. Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodi o‘tish davriga xos mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish vazifasi ustuvor deb tan olinadi. Kam ta’minlanganlarga ijtimoiy nafaqa, subvensiyalar, mintaqalar hamda tarmoqlar bo‘yicha dotatsiya va soliq imtiyozlari, shahar va qishloq o‘rtasida, bandlik sohasida va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida daromadlarni tenglashtirish uchun yetarli chora-tadbirlar majmui bo‘la olmaydi. Samarali dastur chuqur va muvofiqlashtiruvchi yondashuvni taqozo etadiki, unda iqtisodiy o‘sish bandlik va turmushning barcha sohalarini qamrab olishi, kam ta’minlanganlar, ayollar va yoshlarning daromad olishi va turush darajasini oshirish imkonini yaratishi kerak. Kambag‘allikka qarshi kurash va turmush darajasini oshirish g‘oyasini yangicha tushunish boshlanganini Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2005-yilni «Mikromoliyalashtirish yili» deb e’lon qilganligi ham dalolat beradi. 1 Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling