Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Aholi bandligi. Mamlakatimizda 1990-yildan 2012-yilga qadar ish 
bilan band bo‘lgan aholi soni qariyb 4,0 million nafarga oshdi va 2011-
yilning oxirida qariyb 12,0 million kishini tashkil etdi. Yangi ish 
o‘rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini diversifikatsiya 
qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik 
majburiy ta’lim tizimiga o‘tish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar 
aholining bandlik darajasini yanada oshirish imkonini berdi. 2011-yil 
yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda Xalqaro mehnat tashkiloti uslubi 
asosida aniqlangan ishsizlik darajasi maqbul darajada bo‘lib, iqtisodiy 
faol aholining qariyb 5 foizini tashkil etadi. 
Aholi bandligi tarkibida muhim ijobiy o‘zgarishlar ta’minlandi. Agar 
mustaqillikning dastlabki yillarida ish bilan band bo‘lganlarning 60 foizi 
davlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 
24 foizga tushdi. Bugungi kunda esa mazkur sektorda umumiy ish bilan 
band aholining 20 foizdan ko‘prog‘i mehnat qilmoqda. Bandlikning 
sohalar bo‘yicha tarkibida ham ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: qishloq 
xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni sezilarli darajada kamaydi. Agar 
1990-yillarning boshida mazkur sohada ishlovchilar soni jami ish bilan 
band bo‘lganlarning 40 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu 
raqam 25 foizga tushdi. Xizmat ko‘rsatish, transport va qurilish sohalarida 
esa ish bilan band bo‘lganlar soni o‘sib, 36 foizdan 52 foizga yetdi. 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Bandlikni ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarning amalga 
oshirilishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish natijasida, 


 518
faqat so‘nggi 5 yilning o‘zida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 3,8 
millionga yangi ish o‘rni yaratildi. Ularning 76,0 foizdan ziyodi kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to‘g‘ri keladi. Qayd etish joizki
hozirgi kunda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini oshirish 
maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun har yili 
tijorat banklari tomonidan 1 trillion so‘mdan ortiq miqdorda kredit 
mablag‘lari berilmoqda. 
Aholining bandlik darajasi va daromadlari, uning hayot darajasini 
oshirish, shuningdek, mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni 
yanada to‘laroq qondirish bo‘yicha yurtimiz hududlari va iqtisodiyot 
tarmoqlaridagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida
2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan 
2013-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash 
dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Unga ko‘ra 2013-yilda 972700 ta 
ish o‘rinlari yaratiladi. 
So‘nggi yillarda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlik kabi aholi 
bandligini ta’minlashning yangi shakllari faol rivojlandi. Faqat 2006–
2010-yillarda mamlakatimiz korxonalari bilan fuqarolar o‘rtasida tuzilgan 
kasanachilik va ijara shartnomalari asosida 674 mingta ish o‘rni tashkil 
etildi. Bundan tashqari, aholining iqtisodiy faolligi oshishi, o‘zini o‘zi 
bandligini ta’minlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida 
milliy hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik sohalarida 302,1 mingta ish 
o‘rinlari ochildi. 
Dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar bazasida chorvachilik va 
parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar aholi 
bandligini ta’minlashga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Xususan, kam 
ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berilishi natijasida 
1,4 million nafar qishloq aholisi dehqon xo‘jaliklarida qoramollar boqish 
bilan shug‘ullanish imkoniyatiga, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullangan 
davri pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga kiritilishi huquqiga ega 
bo‘ldi. 
Mamlakatimizning barcha tuman hamda shaharlarida ish bilan band 
bo‘lmagan aholiga ishga joylashish masalasida yordam beradigan maxsus 
markazlar tashkil etildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. So‘nggi 5 yil 
ichida ushbu markazlar tomonidan 2,4 million kishi bo‘sh va yangi 
o‘rinlarga ishga joylashtirildi, 96 ming nafardan ziyod aholi mehnat 
bozorida talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitildi va malakasini 
oshirdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda ish bilan bandlik darajasi 
past bo‘lganidan bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan va uning qaramog‘idagi 


 519
bo‘lgan kishilar soni ancha ko‘p. Buning natijasida bir oilaga hisoblangan 
daromadlar ko‘p bo‘lgani holda, jon boshiga tegadigan daromadlarning 
kamligi kuzatiladi. Aholining daromad jihatidan tabaqalanishi, oila 
tarkibidan tashqari, ishlab topilgan daromad miqdoriga ham bog‘liq. Buni 
esa mehnat unumdorligi darajasi belgilaydi.
Aholini daromadi va turmush darajasi jihatidan bo‘lish ma’lum 
iyerarxiyani hosil etadiki, buni daromadlar piramidasida ko‘rish mumkin. 
Bu piramida besh pog‘onali (o‘ta boylar, boylar, o‘rta hollar, 
kambag‘allar va o‘ta kambag‘allar – qashshoqlar) yoki uch pog‘onali 
(boylar, o‘rta hollar va kambag‘allar) bo‘lishi mumkin. Bunday 
tabaqalashuvni bozor qonunlarining o‘zi taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti 
tanlov qoidasiga asoslanar ekan, u muqarrar ravishda daromadlarning 
farqlanishiga olib keladi. Buning subyektiv tomoni shundaki, ishning 
uddasidan chiqqanlar boy, uncha uddasidan chiqmaganlar o‘rta hol, 
umuman o‘zini o‘nglay olmaganlar kambag‘al bo‘ladi. Bu 
tabaqalanishning insonga bog‘liq tomoni. Ammo buning obyektiv tomoni 
ham borki, bu iqtisodiyotning shart-sharoiti yoki umumiy vaziyatga 
bog‘liq. Vaziyat qulay kelganida boy bo‘lish, tanglik hosil bo‘lganida 
kambag‘alga aylanish kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq emas. 
Tabaqalanish tengsizlikni yuzaga chiqaradi, biroq oldin qayd 
etganimizdek bu adolatli tengsizlikdir, chunki bozor qoidalariga binoan 
muqarrar yuzaga keladi. Uning salbiy tomoni ijtimoiy to‘qnashuv 
ehtimoli bo‘lsa, ijobiyligi boylar iste’molining oshkora samarasidir. Ya’ni 
boylar iste’moli namuna sifatida boshqalarni faol bo‘lishga undaydi, 
natijada iqtisodiy o‘sish yuz berib, iste’moldagi tafovutlar qisqarishga 
moyil bo‘ladi. Iste’moldagi farqlar saqlansa-da, ular miqdorda emas, balki 
sifatda qoladi. Boylar boshqalardan o‘z iste’moliga qaraganda bo‘sh 
vaqtini ko‘proq dam olib o‘tkazishi va o‘z qo‘lida to‘plangan 
aktivlarining miqdori, aniqrog‘i, bankdagi puli, aksiyasi va obligatsiyasi, 
biznesda ishlayotgan kapitalning miqdori bilan farqlanadi.
Bozor sharoitida daromadlarning yuqori chegarasi bo‘lmaydi: 
ishning ko‘zini bilgan shaxs qancha yaxshi ishlasa, shuncha ko‘p topishi, 
topganining asosiy qismini jamg‘arib borishi mumkin. Qonuniy boy 
bo‘lishning taqiqlanmasligi unga intilishni hosil qiladi. «Intilganga tole 
yor» deganlaridek, harakat qilish natijasida kambag‘al o‘rta holga, o‘rta 
hol esa boyga aylanishi mumkin. Ish yurishmaganida buning aksi ham 
bo‘lishi mumkin. Iqtisod yuksalgan sari kambag‘allar kamayib, o‘rta 
hollar asosiy toifaga aylanadi, boylar soni ham o‘sadi. Ammo boylarning 
ichki tabaqalanishi ham yuz beradi. Ular orasida o‘ta boylar ajralib 


 520
chiqadi. Ular ham, sekin bo‘lsa-da, ko‘payib boradi. Ilgarilari o‘ta boylar 
G‘arb mamlakatlariga xos bo‘lgan, endi esa ular Sharqda va hatto o‘tish 
davridagi mamlakatlarda ham shakllangan. O‘tish davridagi o‘ta boylar 
bozor munosabatlarining rivojlanishi mahsuli emas, balki boylikni 
taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uni qonuniy va noqonuniy yo‘l 
bilan o‘zlashtirib olgan kishilardir. Quyida e’tiboringizga dunyo va 
Rossiya Federatsiyasi milliarderlari, asosiy faoliyat turlarini keltiramiz. 
2-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling