Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy iqtisodiy
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlar 1990-yilda (foiz) 1990- yil 2000- yil 2010- yil 2000- yil 2010- yil Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM (XQP – xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha), AQSh dollarida 1328 1431 3271 107,9 2,5 marta 535 Iqtisodiyotda band bo‘lgan har bir kishiga to‘g‘ri keladigan YAIM (XQP bo‘yicha), AQSh dollarida 3412 39 7940 115,1 2,3 marta Sanoatda band bo‘lgan har bir kishiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti ulushi, ming so‘mda 22,1 1649,7 22407,8 129,7 2,3 marta AQSh dollarida 3159,6 6963,1 14124,1 2,2 marta 4,5 marta Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiya miqdori, AQSh dollarida 40,8 127,5 344,1 3,1 marta 8,4 marta Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chet el investitsiyalari: ming so‘m – 7,0 156,6 x x AQSh dollarida – 29,5 100,1 x x Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot va xizmatlar eksporti: AQSh dollarida 21,7 132,4 462,1 6,1 marta 21,3 marta O‘zbekiston iqtisodiyotining samarali rivojlanishini yaqqol ifoda etadigan muhim sifat ko‘rsatkichi, iqtisodiyotda band bo‘lgan har bir kishiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmida namoyon bo‘lmoqda. Agar 1990-yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan har bir kishiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 3412 AQSh dollari hajmidagi qismi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2010-yilda bu raqam o‘rtacha 7940 AQSh dollari yoki 1990-yilga nisbatan 2,3 barobardan ziyodni tashkil etdi. Sanoatning negizini tashkil etadigan tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash hamda ularning raqobatdoshligini tubdan oshirishga qaratilgan ustuvor ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini jadal ko‘paytirish 536 uchun zarur sharoit yaratdi. Natijada, ushbu tarmoqda band bo‘lgan har bir kishiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari 2010-yilda 1990-yilga nisbatan 4,5 barobar oshdi. Mamlakatimiz va chet el investorlari uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti tufayli aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiya miqdori 1990-yildagi 40,8 dollardan 2010-yilda 344,1 dollarga yetishi ta’minlandi. Agar 1993-yilda jalb etilgan chet el investitsiyalarining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori 0,05 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 100,1 dollarga yetdi. Aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan mahsulot va xizmatlar eksporti 2010-yilda 462,1 AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 1990-yildagi ko‘rsatkichdan 21,3 barobar ortiqdir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling