Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iste’mol budjeti. Aholi farovonligini o‘zida yaqqol mujassam 
etadigan eng muhim ko‘rsatkich bu – oila iste’mol budjetining hajmi va 
tarkibidir. Ushbu ko‘rsatkich oila yalpi daromadlari hajmi va tarkibiga, 
iste’mol bozorining zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirilishi hamda oila 
daromadlarining ana shu iste’mol mahsulotlari va xizmatlarni xarid qilish 
imkoniyatlariga bog‘liq. 
Iste’mol budjetida yalpi daromadlar hajmi va tarkibini tahlil qilish 
muhim o‘rin tutadi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
asosiy tamoyillaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat 
aholi yalpi daromadlarining o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 
Mazkur islohotlar natijasida 1990–2010-yillar davomida O‘zbekiston 
aholisining yalpi daromadlari aniq hisob-kitoblar bo‘yicha 8,6 barobar 
oshdi. 


 538
Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar 
ko‘rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‘ldi. Tabiiyki, sobiq 
mustabid tuzum davridagi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida 
aholining bunday daromad manbalari shakllanishiga mutlaqo yo‘l 
qo‘yilmas edi. 
5-jadval 
Mulkdan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan 
 olingan daromadlarning o‘sishi 
1990-yil 
2012-yil 
Mulkdan va tadbirkorlik faoliyatidan
mahsulot sotish hamda xizmat ko‘rsatishdan 
olingan daromadlarning yalpi daromaddagi 
ulushi 
10,6
51,0
Yangi turdagi bunday daromadlar hissasiga 2012-yilda yalpi daro-
madlarning 51,0 foizi to‘g‘ri keldi. Yangi turdagi ushbu daromadlarning 
afzalligi shundaki, aholining tadbirkorlik sohasidagi faollashuvi oila yalpi 
daromadlarining jadal ravishda oshib borishi uchun rag‘batlantiruvchi 
bozor omillarini yaratadi, markazlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida keng 
tarqalgan boqimandalik va daromadlarning bir xilda bo‘lishi darajasini 
pasaytiradi. 
O‘rtacha oylik ish haqi miqdorining bosqichma-bosqich oshirib 
borilishi yalpi daromadlar tarkibidagi, o‘tish davrining dastlabki yillarida 
bo‘lgani kabi, ulushi yanada pasayib ketishining oldini oldi. Hozirgi 
paytda aholining yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi barqaror 
holat, ya’ni 30–32,1 foiz darajasida saqlab qolinmoqda. Mamlakatimizda 
aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul 
qilinishi, hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o‘rta 
sinfni shakllantirish imkonini berdi. Ekspert xulosalariga ko‘ra, o‘rtacha 
daromadga ega bo‘lganlar, agar 1990-yilda aholining 18 foizini tashkil 
etgan bo‘lsa, 2000-yilda uy xo‘jaliklarini tadqiq etish natijalariga ko‘ra bu 
ko‘rsatkich 24 foizga yetgani ayon bo‘ldi. 2010-yilda esa 60 foiz uy 
xo‘jaliklari o‘rtacha darajadan kam bo‘lmagan barqaror daromadga ega 
bo‘lgan. 


 539

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling