552
Daromadlarning konsentratsiyasi indeksi – jamiyatning daromadlar
bo‘yicha qutblashuv darajasini ko‘rsatuvchi indeks.
Nominal daromad – tovar va xizmatlarning joriy yoki nominal baholari
doirasidagi pul daromadlari darajasi.
Nisbiy qashshoqlik – uy xo‘jaligining o‘rtacha uy xo‘jaligi
daromadiga
qaraganda ikki marta kam darajadagi real daromadiga mos keluvchi ahvoli.
Daromadlarni shaxsiy taqsimlash –
davlatning daromadlarni uy
xo‘jaliklari o‘rtasida keyinchalik qayta taqsimlashi yoki shaxslar bo‘yicha
pirovard taqsimlashi.
Daromadlarni indekslash – iste’mol buyumlari narxlar indeksining
oshishiga muvofiq ravishda aholiga to‘lanadigan ish haqi, nafaqa, stipendiya,
pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorining oshirilishi.
Daromadlarni muzlatish – aholi pul daromadlarining o‘sishini
sekinlashtirish yoki to‘xtatib qo‘yishga qaratilgan siyosat hamda
qo‘llaniladigan chora-tadbirlar tizimi.
Real daromad – narx o‘zgarishini inobatga oluvchi va narxlarni
qandaydir bazaviy davrga keltirish orqali hisoblanadigan daromad.
Iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy adolat – muayyan jamiyatda
shakllangan iqtisodiy munosabatlar tizimining ushbu adolat haqidagi, ya’ni
iqtisodiy transaksiyalar va xo‘jalik yuritish sohasidagi oqibatlarning to‘g‘riligi,
halolligi, tartibliligi, ziyoliligi haqidagi tasavvurlarga muvofiqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: