Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ijtimoiy transfertlar – asosan aholining kambag‘al qatlamlariga 
ularning xo‘jalik faoliyatidagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lmagan holda 
beriladigan pul to‘lovlari. 
Iste’mol savati – muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning 
tirikchilikni ta’minlashga yetarli bo‘lgan miqdori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
narx-navo ko‘tarilib, baholar o‘zgaradi. Aholining ko‘radigan zararini qoplash 
uchun hukumat tomonidan mamlakatda «iste’mol savati» tarkibi aniqlanadi va 
uni qo‘llash taklif etiladi. 
Fiziologik minimum – iste’mol qilinishi faqat jismoniy ehtiyojlarni 
qondiradigan tovar va xizmatlar majmui. 
Daromadlarni funksional taqsimlash – ne’matlarni ishlab chiqarish 
omillariga bo‘lgan bozor narxlarining hosil qilinishi orqali birlamchi 
taqsimlanishi. 
Ijtimoiy minimum – insonning muloqoti, turli ijtimoiy guruhlar va 
uyushmalarga jalb etilganligi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarni iste’mol 
qilishi bilan bog‘liq eng zarur ijtimoiy talablarni amalga oshirish uchun 
sarflanadigan xarajatlar. 
Oila budjeti – oila daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalangan 
yillik majmui. 


 553
Ijtimoiy soha – aholi turmush tarzi, uning farovonligi, iste’mol darajasiga 
bevosita bog‘liq bo‘lgan va ularni belgilab beruvchi tarmoqlar, korxonalar va 
tashkilotlar majmui. Ijtimoiy sohaga eng avvalo xizmat ko‘rsatish sohasi 
(maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya
umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi transporti, aloqa 
va boshqalar) kiradi. 
Ijtimoiy soha obyektlari – aholining munosib turmush sharoiti va 
farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular 
qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat 
muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling