Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekiston Respublikasida aholining ishsizlik darajasi, foiz
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
O‘zbekiston Respublikasida aholining ishsizlik darajasi, foiz
2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil 2011-yil 2012-yil 5,0 4,9 5,3 5,1 5,0 4,9 Davlat ijtimoiy transfertlar orqali jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Ijtimoiy transfertlar – bu aholining kam ta’minlangan toifasiga pul to‘lovlari bo‘lib, ularning xo‘jalik faoliyatidagi ishtiroki bilan bog‘liq emas. Ijtimoiy transfertlar natural shaklda ham amalga oshiriladi (bepul tibbiy yordam, uy-joy bilan va bepul oziq-ovqat bilan ta’minlash va boshqalar). Transfert to‘lovlarning maqsadi jamiyatda ijtimoiy barqa- rorlikni ta’minlash va tovar hamda xizmatlarga bo‘lgan ichki talabni ushlab turishdan iboratdir. Daromadlarni bilvosita taqsimlash usuliga soliqqa tortishning turli imtiyozli shakllari, bepul xizmatlarning tabaqalashgan taqsimoti kiradi. Jumladan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida, ayrim bozorlarda narxlar ustidan davlat nazorati. Biroq davlatning daromadlarni qayta taqsimlashda ishtirokining obyektiv iqtisodiy chegarasini aniqlash zarur bo‘ladi. Quyida bunday 556 qayta taqsimlashning chegarasini belgilaydigan muayyan mo‘ljallar mavjud. Bular: 1) ijtimoiy to‘lovlar miqdori davlatning umumiy moliyaviy imkoniyatlaridan oshmasligi lozim. Aks holda, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish nafaqat budjet taqchilligi, balki aholi real turmush darajasining pasayishiga olib keladi; 2) qayta taqsimlashda davlat soliq stavkalarining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Soliqlarning keskin o‘sishi iqtisodiy subyektlarning investitsion faolligini pasaytiradi; 3) davlatning kam ta’minlanganlarga yordam berishini haddan ziyod kuchaytirgani mehnat kapitali bozorini va bozor mexanizmini izdan chiqarishga olib keladi. Davlat tomonidan aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash qat’iy manzilli, jamoat nazorati negizida tanlovli bo‘lishi kerak. Davlat inson kapitali bozorini tartibga solish yo‘li bilan jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Bunda davlat ish bilan band etish masalasini hal etadi. Bozor mexanizmi o‘z-o‘zidan insonni yaratuv- chanlik va mehnat qilish huquqini ta’minlashga qodir emas. Shu bois ham davlat jamiyatda ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholini samarali ish bilan band etishga faol aralashadi. Davlatning navbatdagi funksiyasi milliy iqtisodiyot darajasida yuqori samarali xo‘jalik yuritishni ta’minlash funksiyasidir. Agar bozor mexanizmi samarali ishlab chiqarishni alohida korxona doirasida ta’minlasa, davlat bu muammoni butun milliy xo‘jalik doirasida hal etadi. Bular: 1. Davlat ilmiy texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantiradi. Tajriba ko‘rsatmoqdaki, bozor mexanizmi bunga qodir emas. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling