Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning 
iqtisodiy vazifalari: 
– tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad ustuvor 
yo‘nalishlarni ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga 
oshirishning strategik yo‘lini belgilaydi va shunga muvofiq maqbul taktik 
xatti-harakatlarni amalga oshiradi; 
– bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy erkinliklarning 
kafolati vazifasini o‘taydi; 
– bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug‘diradi; 
– vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tuzilmalarining qaror topishi 
va rivojlanishiga ko‘maklashadi; 
– aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatini amalga oshiradi 
(ustuvor yo‘nalishlarni aniqlaydi); 
– hamma ma’lum iqtisodiy vositalar – moliya, kredit, soliq, valuta 
siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazishning 
choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi; 


 558
– iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal 
etadi. 
Bozor tizimida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiyasi. Jahon 
amaliyoti ko‘rsatmoqdaki, raqobatli bozor an’analari rivojlangan 
mamlakatlarda turmush darajasi yuqori, iqtisodiyoti ijtimoiy 
yo‘naltirilgan tuzilishga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sish sur’atlari va 
farovonlik darajasi yuqoridir. Biroq, haqiqatni aytish lozimki, shunday 
muhim vazifalar borki, ularni yechish yoki bajarishga bozor mexanizmi 
qodir emas. Bu borada davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Ushbu 
asoslangan ilmiy qoida davlatning bozor xo‘jaligida ishtirokini obyektiv 
zaruriyatga aylantiradi. Bundan tashqari, davlatning raqobatli bozor 
iqtisodiyotidagi roli, birinchidan, eng dolzarb muammolarni raqobatli 
bozor yecholmaydi. Ikkinchidan, davlat bozor mexanizmining yuqori 
samarada ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratib beradi».
Davlatning raqobatli bozor iqtisodiyotidagi vazifasi jamiyat 
miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. Gap shundaki, 
bozor iqtisodiyoti jarayonida kimdir boyga, kimdir kambag‘alga aylanadi. 
Kimdir ish o‘rniga ega bo‘ladi, kimdir ish o‘rnidan ajraladi. Qaysidir 
firma gullab yashaydi, qaysidir firma bankrotga (kasodga) uchraydi.
Bozor axloqi nuqtai nazaridan erkin raqobat natijasida olingan har 
qanday daromad adolatli hisoblanadi. Biroq umuminsoniy axloq nuqtai 
nazaridan erkin jamiyat va huquqiy demokratik davlatda har bir insonning 
ijtimoiy va iqtisodiy xavfsizligi kafolatlanishi lozim. Bunday kafolatni 
faqat fuqarolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo‘lgan davlat 
ta’minlaydi. 
Davlat jamiyat barqarorligini ta’minlashda quyidagi tadbirlarni amalga 
oshiradi:
– davlat soliq siyosati orqali o‘z budjeti vositasida inson 
farovonligining ma’lum standartiga oid ajralmas huquqini ro‘yobga 
chiqarish maqsadida turli toifadagi insonlar daromadlarini qayta 
taqsimlaydi. Davlatning daromadlarini taqsimlash borasidagi faoliyati 
xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida band bo‘lganlarning belgilangan 
daromadlarga egaligidan kelib chiqadi (davlat boshqaruvi xodimlari, 
olimlar, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari, ta’lim va 
sog‘liqni saqlash xodimlari va h.k.). Shuningdek, bozorda iste’molchi 
sifatida ishtirok etuvchilar – nogironlar, mehnatga layoqatsiz insonlar 
hisoblanadi. 
Shuningdek, davlat inson kapitali orqali bozorni tartibga 
solib, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Davlat bandlik 
siyosati aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlaydi. Bozor 


 559
mexanizmi insonni mehnatga bo‘lgan huquqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’minlay olmaydi. Shu bois ham davlat bandlik muammosini hal etish 
yo‘lini topishga aralashadi; 
– davlatning navbatdagi funksiyasi milliy iqtisodiyot ko‘lamida 
xo‘jalik yuritishning yuqori samarasini ta’minlash. Agar bozor 
mexanizmi ishlab chiqarish samaradorligini alohida firma, tarmoq 
doirasida ta’minlasa, davlat bu muammoning yechimini milliy iqtisodiyot 
darajasida hal etadi. 
Davlat fan-texnika taraqqiyotini (FTT) rag‘batlantiradi. Rag‘batli 
bozor mexanizmi FTT tijorat asnosida o‘zlashtiradi. Bozor fan va texnika 
sohasidagi strategik yorib o‘tishni hamda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni 
ta’minlashga ojiz. Bundan tashqari raqobatli bozor yirik kapital 
sarflaydigan loyihalarni moliyalashtirishga qodir emas.
Davlat ilmiy asoslangan pul-kredit va soliq budjet siyosatini yuritgan 
holda iqtisodiyotni zarur pul miqdori bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish 
omillari mulkdorlarining investitsion faoliyatini soliqdagi ayovchanlik va 
davlat xarajatlari orqali rag‘batlantiradi. So‘nggi yillarda bu tendensiya 
O‘zbekistonga xos. 
 Davlat ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosat yuritadi. Davlat hududlar 
o‘rtasidagi farqlarni yaqinlashtirishga (tenglashtirish)ga moddiy sharoit 
yaratadi. Shuningdek, hududlarning geografik tarixini, milliy-madaniy 
xususiyatlarini ham inobatga oladi. 
Davlat antimonopol va antiinflyatsion siyosat yuritadi. Usiz 
iqtisodiyot samarali rivojlana olmaydi. Inflatsiya va monopoliya raqobatli 
bozor iqtisodiyotining doimiy kasalidir. Bozor mexanizmi davlat 
aralashuvisiz uni davolay olmaydi. 
Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.
Bozor bunday vazifani bajara olmaydi. Bu tashqi savdo siyosati, to‘lov 
balansi, valuta kursiga ta’sir kabilardir. Bozor mexanizmi ish kuchining 
xalqaro oqimini, tovar va pul kapitalini nazorat eta olmaydi. 
Davlatning aholini ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash funksiyasi, bozor 
mexanizmi inson ehtiyojlarini to‘la ta’minlay olishga ojiz. Shunday 
ehtiyojlar borki, ularni pul bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bular – yurt 
tinchligini saqlash. Bu ne’matlar iste’molida jamiyatning a’zosi sifatida 
har bir inson qatnashadi. Bular mudofaa ishlari xizmati, huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar xizmati, davlat boshqaruvi, ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash, bepul umumiy ta’lim, sog‘liqni saqlash va 
boshqalar. 


 560
Ijtimoiy tovarlar shunday ne’matlarki, ularning iste’molida 
jamiyatning a’zosi sifatida har bir insonning ehtiyojlari qondiriladi. 
Bunda har bir inson mavjud ne’matdan teng miqdorda iste’mol etadi. 
Davlatning yana boshqa bir muhim vazifasi borki, u iqtisodiyotning 
tashqi ta’sirida yuz beradigan oqibatlarni bartaraf etish faoliyatidir. 
Davlat o‘zining vazifasini iqtisodiy asosga tayanib davlat sektori orqali 
ham amalga oshiradi. Davlat sektori milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi 
bo‘lib, davlat mulkining obyekti hisoblanadi va insonlarni umumiy 
vazifalarni bajarishga yo‘naltiradi. Davlat sektoriga suyangan holda, fan-
texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tovar ishlab chiqarish va daromadlarni qayta 
taqsimlashni rag‘batlantiradi. 
Davlat xonadonlarga beradigan pul transfertlari ularning xarid 
qobiliyatini oshiradi, bu esa, o‘z navbatida, talabni oshirib, firmalar 
bozorini kengaytiradi. Davlat sektori hamma uchun zarur, lekin 
rentabelligi pastligidan firmalar qo‘l urmaydigan tovar va xizmatlarni 
yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab chiqarish infratuzilmasi, 
chunonchi, yoqilg‘i, energetika, transport, yo‘l xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, 
aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ularning tovar va xizmatlari esa milliy 
iqtisodiyot rivoji uchun suvdek zarur bo‘ladiki, shu sababli bu sohalar 
xarajatini davlat o‘z zimmasiga oladi va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi. 
Davlat ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar bepul bo‘lganda, ulardan 
barcha bahramand bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, davlat ham iqtisodiyot 
subyekti, lekin bu oddiy subyekt emas, balki butun iqtisodiyotni tartibga 
solib turuvchi subyektdir. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotini davlat tartibga solib turishini faqat 
bozorning layoqatsiz bo‘lib qolishi bilangina izohlash mumkin emas, 
chunki iqtisodiy aloqalar g‘oyat keng miqyosli va murakkab bo‘lib, bozor 
kuchlari hatto mukammal ishlagan taqdirda ham ularni tartibga to‘la-
to‘kis sola olmaydi. 
Ayniqsa, globallashuv jarayonlarida korxonalarning tashqi iqtisodiy 
aloqalari ahamiyati g‘oyat oshadi va bularni o‘rnatishda davlatning 
ishtiroki talab qilinadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling