Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni 
o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l berishga qaratiladi, chunki 
bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning 
uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o‘zgartirishga 
hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan 
kezlarda ish beradi. 
Investitsiya siyosati. Bu investitsiya resurslarini shakllantirish va 
ularning kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan 
siyosatdir. Bu siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga 
qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) 
siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab chiqarishning eski sohalarini cheklab, 
yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan sohalarini o‘stirishni bildiradi. 
Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiya 
qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda 
oshadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda, eski 
sohalardagi mol-mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi 
sohalarning jadal o‘sishi rag‘batlantiriladi, eski sohalar esa rag‘batlan-
tirilmaydi. Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. 
Yangi texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan firmalarga subsidiyalar 
ajratmadi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan 
investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator 
serkapital, binobarin katta investitsiyalarni talab qiluvchi va 
investitsiyalar o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni 
davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investitsiyasini serfoyda 
ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. Bozor qoidalariga binoan 
investitsiyalarning serfoyda sohalarga yuborilishi davom etadi. Biroq 
davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik 
sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan 
rag‘batlantiradi.
Agrar siyosat. Bu davlatning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat qishloq xo‘jaligining barqaror 
o‘sishini, oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlaydi. 
Uning doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining 
(suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektr energiyasi ta’minotining) 
xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib 


 569
ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib, kredit olishni huquqiy jihatdan 
ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning 
xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Dehqonlarni 
qo‘llab turish uchun yer solig‘i yengil qilib belgilanadi. Masalan, 2002-
yili O‘zbekistondagi yagona yer solig‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
uchun bozor qiymatining 3–5 foizidan oshmadi. Bu soliq dehqonlarga 
og‘irlik qilmadi. 
Qishloq xo‘jaligida rentabellik past bo‘lganidan kapitalning u yerdan 
chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib 
turadi, uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib, fermerlar me’yordagi 
daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xo‘jaligini tark etmaydilar. 
Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
ularga ma’qul narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga 
yaqin turadi, ularga binoan mahsulotni davlatga sotish fermerlar uchun 
qulay bo‘ladi, chunki davlat xaridi mahsulotlarning sotilishini va kanda 
qilmay daromad olinishini kafolatlaydi.
Tashqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o‘zaro foydali tashqi 
aloqalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayonidir. Bu 
siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi 
mavqeini mustahkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga 
kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasiga doir 
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to‘lovlari, eksport-
import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Aytilgan 
vositalar iqtisodiy chegara hosil etib, milliy iqtisodiyotni himoya qiladi. 
Eksportni kuchaytirish zarur bo‘lsa, unga litsenziyalar (ruxsatnoma) 
beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu importni qisqartirish ma’qul 
bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, 
importga litsenziya berish chegaralanadi. 
Davlat siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham 
belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa, bu ish rag‘batlantiriladi. Kapital 
chiqishi ma’qul bo‘lsa, davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish 
kuchini chiqarish uchun ham yordam beriladi. Bordi-yu mamlakatga 
arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan oqib kelishi uchun migratsiya 
qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va 
h.k.) yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan 
hamkorlik qilishni ham mo‘ljallaydi. Davlat iqtisodiy siyosatining 
samaradorligi uning monitoringi orqali aniqlanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish 


 570
sur’atlari, inflatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz 
miqdori, budjet defitsiti kabi ko‘rsatkichlarga qarab, iqtisodiy siyosat 
natijasi baholanadi. 
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi 
va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan kutiladigan natijalar, ularni 
moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun 
ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga 
tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni 
yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, 
qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda 
belgilangan muammolarning hal etishishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga 
turtki beradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling