Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Korrupsiyani idrok etish indeksi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2-jadval
Korrupsiyani idrok etish indeksi Davlat o‘rni Mamlakatlar Indeks bali Tadqiqot- lar soni Standart deviatsiya Min. /maks. ball 1 Finlyandiya 9,7 8 0,4 8,9–10,0 2 Daniya 9,5 8 0,3 8,9–9,9 3 Yangi Zelandiya 9,5 8 0,2 8,9–9,6 4 Islandiya 9,4 6 0,4 8,8–10,0 Ɇɚɧɛɚɥɚɪɧɢ ɛɚԟɨɥɚɲɞɚɝɢ ɮɚɪԕ. Transparency International, Corruption Index 2002, Germany, 2002 595 5 Singapur 9,3 13 0,2 8,9–9,6 6 Shvetsiya 9,3 10 0,2 8,9–9,6 7 Kanada 9,0 10 0,2 8,7–9,3 8 Lyuksemburg 9,0 5 0,5 8,5–9,9 9 Niderlandiya 9,0 9 0,3 8,5–9,3 10 Buyuk Britaniya 8,7 11 0,5 7,8–9,4 11 Avstraliya 8,6 11 1,0 6,1–9,3 12 Norvegiya 8,5 8 0,9 6,9–9,3 13 Shveysariya 8,5 9 0,9 6,8–9,4 14 Gonkong 8,2 11 0,8 6,6–9,4 15 Avstraliya 7,8 8 0,5 7,2–8,7 16 AQSh 7,7 12 0,8 5,5–8,7 Korrupsiya darajasi va uning shakllarini iqtisodiy salohiyat bilan izohlab bo‘lmaydi. Sof iqtisodiy yondashuv XIX asrdagi iqtisodiy nazariya oqimlariga xos bo‘lgan. XX asrning boshlariga kelib, institutsionalizm oqimi paydo bo‘lishi bilan sof iqtisodiy yondashuvdan chekinish paydo bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni faqat uning o‘zini rivoji bilangina tushuntirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan qaralganda korrupsiya ildizlarini g‘ayriiqtisodiy shart-sharoitlar mavjudligi bilan ham izohlashga to‘g‘ri keladi. Bu sharoitlarni faqat demokratiyaning naqadar rivojlanganligi bilan chegaralab bo‘lmaydi, chunki korrupsiya ildizlari milliy va mahalliy an’analarga ham borib taqaladi. Umuman Sharqda, xususan Markaziy Osiyoda korrupsiyani oziqlantiruvchi manba Osiyocha ishlab chiqarish usuli sarqitlarining uzoq saqlanishidir. Osiyocha ishlab chiqarishda asosiy resurslar oliy hukmdorlar qo‘lida bo‘lganidan ulardan foydalanish hukmdorlarga so‘zsiz tobelik qilish, ular xizmatida bo‘lish yoki amaldorlarga pora berish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunday munosabat asrlar mobaynida doimo takrorlanib turganidan an’analar tusiga kirgan. Amaldorlik va pora olish o‘zaro chirmashib, chuqur ildiz otgan. Osiyocha an’analar hozir ham saqlanib qolgan, bu korrupsiyaga moyillik hosil etadi. O‘zbekistondagi korrupsiyani ham qisman bo‘lsa-da, an’analar yuzaga keltiradi. Biroq, bu iqtisodiy erkinlik, demokratiya holati va kambag‘allik o‘rtasida aloqalar mavjudligini yo‘qqa chiqarmaydi. So‘zsiz, korrupsiya tayanchli kadrlarsiz rivojlana olmaydi, chunki ular jinoiy pullarni nazoratdan olib qochish, ularni legallashtirish, xufiyona pullarning rasmiy bozorda bemalol ishlashi uchun sharoit yaratadilar. Bunday mutaxassislar doirasi juda keng, bular jumlasiga korrupsiyani huquqiy jihatdan himoya qiluvchi huquqshunoslar, moliyaviy firibgarlikni amalga oshiruvchi iqtisodchilar, bu qonunbu- 596 zarliklarni ko‘rsa-da, ko‘rmaslikka olgan tergov-jazo xodimlari, soliqchilar, hukumatda ularning shaxsiy manfaatlarini himoya qiluvchi siyosatchilar kiradi. Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni yuzaga keltiradi, biznes yuritish xarajatlarini oshiradi, demak, milliy iqtisodiyotni raqobatga bardoshsiz qiladi, muayyan darajada siyosiy beqarorlik keltirib chiqaradi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, 80-yillar boshida korrupsiya, iqtisodiyotni uquvsiz boshqarish bilan birga, Venesueladek neftga boy mamlakatning to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lishiga olib keldi. 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar tashkiloti- ning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi» muqaddimasida aytilganidek, «korrupsiya endilikda cheklangan doiradagi (lokal) muammo emas, balki barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga daxldor bo‘lgan transmilliy muammoga aylandi. Bu esa korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikning nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi». «Davlatni egallab olish» deganda, davlat yoki xususiy sektor vakillari bo‘lgan ayrim shaxslar, guruhlar yoki kompaniyalarning o‘z manfaatlari yo‘lida qonunlar, nizomlar, farmonlar hamda davlat siyosatining boshqa vositalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlari tushuniladi. Bunday xatti-harakatlarning o‘lchovi sifatida «davlatni sotilish indeksi» qo‘llaniladi. Mazkur ko‘rsatkich parlament qabul qilgan qonunlar, hukumat qarorlari, davlat rahbarining farmonlari, hukumat tuzgan dasturlar naqadar ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlarning egoistik-korporativ manfaatiga qaratilishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich qanchalik past bo‘lsa, shunchalik davlat toza hisoblanadi. Ayrim xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston davlati eng toza hisoblanadi. Masalan, 2000-yilga kelib davlatning sotilish indeksi 1,0 ga teng bo‘lib, bu eng past, ya’ni eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki boshqa bir mamlakatlarda bu indeks 5,5 ga teng bo‘lgan. Korrupsiyani jilovlashda davlatning tozaligining o‘zi yetarli emas. Buning uchun qonunlar yaxshi ishlashi kerak, buni qonunlarni yuridik samaradorligi belgilaydi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 2001-yil 2,0 ga teng bo‘lib, bu boshqa mamlakatlar bilan qiyoslaganda o‘rtacha bo‘lib chiqadi. Bu ko‘rsatkich eng yuqori, ya’ni 4,0 ga teng bo‘lgan mamlakatlar jumlasiga Vengriya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Chexiya va Estoniya kirgan. Qonunlar samaradorligini ularning o‘zining mukammalligidan, ya’ni real sharoitga mosligidan tashqari aholining huquqiy madaniyati 597 ham belgilaydi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yuqori bo‘lmasligi huquqiy madaniyatning yetishmasligidan kelib chiqadi. Ma’muriy korrupsiya qonunlar va qoidalarni bajarish jarayoniga atayin buzilishlar kiritishni bildiradi. Korrupsiyaning ushbu turi firmalar va kompaniyalar daromadining pora berish uchun sarflaydigan hissasi bilan o‘lchanadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5 foiz bo‘lgan. Xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha – 2,2 foiz (Vengriyada – 1,7 foiz, Polshada – 1,6 foiz), MDHda – 3,7 foiz (Rossiyada – 2,8 foiz)ni tashkil etgan. Korrupsiya shakllari xilma-xil bo‘lib, ularga pora olishdan tortib, amaldor xizmat burchiga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishgacha kiradi. Biznes eng ko‘p duch keladigan va eng ko‘p tarqalgan korrupsiya shakli – import va eksport litsenziyalari, valuta nazorati, soliqlarni baholash, imtiyozlar berish, kreditlar olish bilan bog‘liq ravishda g‘ayriqonuniy to‘lovlar va pora talab qilishdir. Hozirgi vaqtda korrupsiya bo‘yicha turli xil qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Ushbu sohadagi eng mashhur ishlanmalardan biri – «Korrupsiyani idrok etish indeksi» bo‘lib, uni 1995-yildan boshlab ish olib borayotgan Transparency International (TI) mutaxassislari ishlab chiqqanlar. Ushbu tor ixtisoslashgan integral indeks davlatlarning umumiy korrupsiyalashganlik darajasi bo‘yicha, ya’ni korrupsiyaning turlari va shakllarini inobatga olgan holda ajratadi. Korrupsiya iqtisodiyotning quyidagi sohalarida eng chuqur ildiz otgan deb hisoblanadi: – davlat mulkini xususiylashtirish; – budjetni bajarish va budjet mablag‘larini sarflash; – eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, davlat transfertlarini taqdim etish va sh.k.; – bank sohasi; – uy-joy va kommunal soha; – soliq va boj to‘lovlari. Korrupsiya hodisasini o‘rganayotgan ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, korrupsiya davlatning yuqori darajadagi soliq solishlar va davlatlar xarajatlari orqali iqtisodiyotga faol aralashuvning, iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish va boshqarish funksiyalari kattaligining oqibati- dir. Ushbu ro‘yxatga raqobat muhitining sustligi hamda iqtisodiyotda monopoliyaning mavjudligi ham qo‘shiladi. Korrupsiya asosan demokratik institutlarning noadekvatligi va ojizligi tufayli yuzaga keladi 598 degan, fikr ham mavjud. Mamlakat qanchalik ko‘p darajada demokratik bo‘lsa, matbuot qanchalik erkin bo‘lsa, davlatning moliyaviy mexanizmlari oshkora bo‘lsa, matbuot qanchalik erkin bo‘lsa, korrupsiya shunchalik ojiz bo‘ladi. Hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-birini nazorat qilishi, hukumat faoliyatiga oid axborotdan erkin foydalanish ushbu salbiy hodisaning rivojlanishiga imkon bermaydi. Ko‘pchilik mamlakatlar demokratiya va fuqarolik jamiyati barpo etish borasida siyosiy islohotlarni amalga oshirib korrupsiyaga qarshi kurashda jiddiy muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. Yurtboshimiz Islom Karimov aytishicha, «shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qanchalik kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q» 1 . Ba’zi olimlar korrupsiya mavjudligining asosiy sababi xizmat mavqeini suiiste’mol qilish uchun imkon qoldiruvchi qonunlardagi nomukammallik deb hisoblaydilar. Xususan, o‘tish davri iqtisodiyoti mavjud bo‘lgan mamlakatlarda xususiy tadbirkorlik va bozor infratuzil- masi faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq yangi faoliyat sohalari paydo bo‘ldi. Ushbu sohalarning qonunda qat’iy tartibga solinmaganligi korrupsiya uchun qulay zamin hozirlaydi. Qonunlarning nomukammalligi ularning yomon sifatida ham, ijro tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Amalda bu ko‘pincha bevosita amal qilmaydigan va ko‘plab o‘zaro zid keluvchi qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadigan normalarga havola etadigan blanket qonunchilikning mavjudligida o‘z ifodasini topadi. Biroq barcha tadqiqotchilar korrupsiya iqtisodiyotga ulkan zarar keltirishi masalasida hamfikrdirlar. Korrupsiya xususiy sektor daromadlarining kattagina qismini soliqqa tortishdan yashirib qolishga imkon beradi. Ayrim korxonalarning (soliq, kredit va boshqalar bo‘yicha) imtiyozlardan foydalanishi raqobat muhitini buzadi. Korrupsiya o‘ziga xos soliq bo‘lganligi sababli bu hol tadbirkorlarning iqtisodiy xarajatlarini oshiradi va investitsiya kiritish uchun rag‘batni kamaytiradi. 1 Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling