Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


partiyalar jamg‘armalariga badallar to‘lash tarzida va h.k


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013


partiyalar jamg‘armalariga badallar to‘lash tarzida va h.k. 
Poraxo‘rlikning asosiy motivlariga quyidagilar kiradi: 
– aks holda boshlanishi mumkin bo‘lmagan biznesning boshlanishini 
ta’minlash; 
– bo‘lg‘usi korxonaning raqobatchilarini tugatish
– firmalar olishga haqli bo‘lgan, ammo amaldorning injiqligi tufayli 
o‘z vaqtida ololmagan davlat xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish; 
– soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni kamaytirish; 
– tartibga solinadigan narxlarni oshirishga ruxsat olish; 
– majburiy tarzda pora berish (masalan, o‘z xodimlarining xavfsiz-
ligini ta’minlash uchun). 
Korrupsiyaning rivojlanishiga sharoit yaratuvchi sabablar sifatida 
odatda quyidagilar keltiriladi: 
– qonunlarning nomukammalligi; 
– 
jamoat hayotining byurokratlashuvi, amaldorlarning ko‘payib 
ketishi; 


 580
– tadbirkorlikning tashkiliy jihatdan qiyinlashuvi, vositachilarning 
ko‘payishi; 
– tadbirkorlarda bozor madaniyatining yo‘qligi; 
– xo‘jalik yuritish usullariga qo‘yiladigan qonuniy talablar standart-
larining o‘zgarishi; 
– eng oddiy axloqiy qoidalarning yo‘qligi yoki ularga amal qilin-
masligi. 
Har qanday tadbirkorlik faoliyati muntazam ravishda foyda olish 
maqsadini ko‘zlaydi. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati sohasida 
daromadlarni legallashtirish, ya’ni aksariyat mamlakatlarda o‘z-o‘zicha 
jinoyat hisoblanadigan qilmish muhim hisoblanadi. «Iflos» pullarni 
yuvish yoki, ba’zan huquqshunoslar aytganlaridek, «jinoiy yo‘l bilan 
olingan daromadlarni oshkoralashtirish» – noqonuniy biznes (fohishalik, 
qurol yoki narkotiklar savdosi)dan keladigan daromadni yoki oddiygina 
soliq to‘lanmagan daromadlarni «pok pullarga», ya’ni halol yo‘l bilan 
topilgan deb tasavvur qilish mumkin bo‘lgan pullarga aylantirish – 
dunyodagi biznesning eng yirik turlaridan biri hisoblanadi. Yuridik 
adabiyotlarda «pullarni yuvish» quyidagicha ta’riflanadi: 
– manbai jiddiy jinoyat ekanligini bila turib, mulkning noqonuniy 
kelib chiqqanligini yashirish yoki niqoblash maqsadida uni tashqi 
tomondan o‘zgartirish yoki transformatsiya qilish (shaklini o‘zgartirish); 
– jinoyat yoki jinoyatlar sodir etilishiga aloqador bo‘lgan har qanday 
shaxsga faoliyatining qonuniy oqibatlaridan bo‘yin tovlashida ko‘mak-
lashish; 
– jiddiy jinoyat obyekti ekanligi ma’lum bo‘lgan qandaydir mulkning 
haqiqiy tabiati, manbai, joylashgan yeri, xususiyati, mulkka yoki unga 
egalikka aloqasi bo‘lgan huquqlarning ko‘chishini yashirish yoki 
niqoblash. 
«Iflos» pullarni yuvish amaliyotini tahlil qilishning ko‘rsatishicha, 
oxirgi vaqtlarda haqiqatan yangi usullar paydo bo‘lmadi, yangi usullar 
yo‘q bo‘lgani holda, mavjudlarida nisbiy o‘zgarishlar bo‘lishda davom 
etmoqda. Shu jihatdan bank sohasi eng katta xavf zonasi bo‘lib qolmoqda, 
chunki pullarni yuvishning eng aniq usullari u bilan bog‘liq: 
– keyinchalik xorijdagi boshqa shaxsga o‘tkazish maqsadida katta 
miqdordagi pul summalarini bankdagi hisobvaraqlarda deponentlashtirish; 
– qarindoshlar, yordamchilar va boshqa shaxslarga hisobvaraqlar 
ochish; 
– pullarni hisobvaraqdan hisobvaraqqa ketma-ket ko‘chirish zanjiri-
dan foydalanish; 


 581
– boshqa yurisdiksiyada (masalan, ofshor zonalarda) inkorporatsiya-
langan soxta kompaniyalardan foydalanish va boshqa ko‘plab usullar. 
Yuridik taqiqning o‘ziga xos sharoitlarida narkobiznes – notibbiy 
maqsadda ishlatiladigan psixofaol vositalarni ishlab chiqarish va tarqatish 
turadi. Narkobiznesning jahondagi miqyosi allaqachon u haqda 
iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida so‘z yuritishga imkon beradi. 
Unda mulkchilik munosabatlari, talab va taklifni shakllantirish 
mexanizmi, narx hosil bo‘lishi va foyda, transaksiyaviy xarajatlar, 
institutsiyaviy tashkilot kabilar mavjud. 
Narkobiznesda qonunga qarshi doimiy urush olib borish strategiyasi 
ancha yaqin integratsiyani, shuningdek katta miqdordagi resurslar 
jamlanadigan hamda ulardan rejali va muvofiqlashgan tarzda (ayniqsa, 
katta operatsiyalar amalga oshirilganda) foydalanish imkoniyati paydo 
bo‘ladigan korporatsiya va kartellardan iborat yirik iqtisodiy birlashmalar 
tashkil qilishni talab etadi. Bunday birlashmalar narkotik ishlab chiqarish 
uchun emas, balki yuridik jihatdan taqiqlangan sharoitda narkotiklarni 
ishlab chiqarish, sotish va iste’mol qilish imkoniyatining o‘zini ishlab 
chiqarish uchun kerak. Narkobiznesning umumtarmoq tarkibida 
narkotiklar ishlab chiqarishning o‘zi uncha katta o‘rin egallamasligi bozor 
narxlarining tarkibini ko‘rib chiqishda yaxshi ko‘rinadi: narkotiklar ishlab 
chiqarishga bevosita jalb etilgan omillar (yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik 
harakatlari) juda arzon, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatning ulgurji 
narxlari uncha qimmat bo‘lmagan dorilar narxi darajasidadir. Iste’molchi 
mamlakatdagi chakana narxlar esa o‘nlab -marta yuqoridir. Narkotiklar-
ning chakana narxi taqiqlangan tovar harakatining har bir bosqichidagi 
operatorlar sarflaydigan yoki sarflash tavakkali bo‘lgan haqiqiy xarajat-
larni qoplaydi. Xatar qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor operatsiyalarining 
xavfsizligini ta’minlash xarajatlari, operatorlarning mulkchilik huquqini 
saqlab qolish xarajatlari (transaksiyaviy xarajatlar) shunchalik katta 
bo‘ladi. 
Narkobiznes tarmoq tuzilishining tipiga ko‘ra tabiiy monopoliyani 
eslatadi. Taqiqlangan sharoitda narkotiklarni barqaror va ishonchli tarzda 
yetkazib berish keng tarmoq otgan infratuzilmani yaratish va faoliyatini 
ta’minlashga doimiy ravishda katta xarajatlar sarflashni talab qiladi. 
Yo‘lga qo‘yilgan kanallar bo‘yicha narkotiklarning qo‘shimcha 
birliklarini yetkazib berish bilan bog‘liq eng katta xarajatlar nisbatan kam. 
Nihoyatda katta doimiy xarajatlar bo‘layotganida nisbatan kichik 
chegaraviy xarajatlar tarmoqning raqobat qiluvchi kompaniyalarga 
bo‘linishi iqtisodiy jihatdan samarasiz ekanligini aniq ko‘rsatib turadi. 


 582
«Narkopullarni» eng ko‘p miqyosda iqtisodiyotning katta daromad 
keltiruvchi legal sohalariga, masalan, qurilish biznesi yoki neft qazib olish 
va tashishga, birja spekulyatsiyalariga investitsiya tarzida kiritish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Shunday qilib, ko‘rib chiqilgan tasnifiy mezonlar xufiyona iqtiso-
diyotni kompleks o‘rganish imkonini beradi. Bunda xufiyona iqtisodiyot 
umumiy holda ham, alohida tarkibiy qismlari bo‘yicha ham tahlil qilinishi 
mumkin. Bu esa aniq tadqiqotning maqsadlariga bog‘liq. 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xufiyona iqtisodiyot-
ning murakkab, ko‘p bosqichli hodisa ekanligini bilishlari shart. Uning tur 
va shakllari xilma-xil. Xufiyona iqtisodiyotning maqsadi, faoliyati va 
iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga ko‘ra, yuqoridagilardan kelib chiqib 
quyidagi bir necha turlarining ta’rifini keltiramiz: 
Jinoiy-iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo man etilgan, qonun yo‘li bilan 
taqiqlangan ishlar bilan shug‘ullanish. Masalan, narkobiznes, pornobiz-
nes, qurol-yarog‘ biznesi va h.k. 
G‘ayriqonuniy, g‘ayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta 
taqsimlab, o‘zlashtirib olish, masalan, o‘g‘rilik, bosqinchilik, reket, 
poraxo‘rlik. 
Ikkilamchi iqtisodiyot – kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun 
naf beradigan, lekin rasman ruxsat berilmagan va davlat ro‘yxatidan 
o‘tmagan iqtisodiy faoliyat. Ular yashirin tadbirkorlik hisoblanadi. 
Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga, qo‘shimcha ravishda 
yashirin ishlab chiqarishga qo‘l urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda 
qo‘shimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin 
sotish. 
Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy 
xatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi yashirin poraxo‘rlik, 
yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish 
mumkin. 
Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyot davlat sektoriga 
xos bo‘lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi 
davlat sektoridagi qo‘shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan 
haq olish va boshqalar. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling