Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Xufiyona iqtisodiyotning turlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Xufiyona iqtisodiyotning turlari
Xufiyona iqtisodiyotni yuridik ko‘rsatkichlar bo‘yicha uning qonu- niyligi, huquqiy normalarga munosabati nuqtai nazaridan tahlil qilish «jinoiy» va «jinoiy bo‘lmagan» iqtisodiyotni ajratish imkonini beradi. «Jinoiy» iqtisodiyotda iqtisodiy faoliyatning o‘zi yashirilsa, «jinoiy bo‘lmagan» iqtisodiyotda daromad yoki xarajatlar yashiriladi. Jinoiy iqtisodiyotni g‘ayriqonuniy ishlab chiqarish, xufiyona ishlab chiqarish va g‘arazli jinoyatlar tashkil qiladi. G‘ayriqonuniy ishlab chiqarishga qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan, biznes tarzida tashkil qilingan faoliyat turlari kiradi. «Xufiyona» (nooshkora) korxonalar ishlab chiqarish jarayonini nazarda tutadi, chunki ularning mahsulot va xizmatlari bozorda samarali talabga ega. Iqtisodiy faoliyatning bu turiga quyidagilar kiradi: – qurol ishlab chiqarish va sotish; – narkobiznes; – odam savdosi; – kontrabanda; – qimor o‘yinlari; – fohishalik va h.k. Jinoiy iqtisodiyotni tadqiq etishda muayyan prinsiplar bo‘yicha tashkil etilgan jinoiy biznes iqtisodiyoti va oshkora (legal) firmalar tarzida tashkil qilingan jinoiy korxonalarni farqlash maqsadga muvofiq. Uyushgan jinoyatchilikning faoliyati ko‘p jihatdan taqiqlangan tovar va xizmatlar, asosan iste’mol xususiyatiga ega bo‘lganlarni sotishga asoslangan. Ular ishlab chiqarishning nolegalligi sababi soliq to‘lashni istamasliklari, transaksiyalarning qimmatligi, xavfsizlik texnikasiga rioya etish xarajatlarining kattaligidir. Ayrim qora bozorlar «uyushgan» boshqalari esa uyushmagan hisoblanadi. Jinoiy biznes shakllaridan biri reket bo‘lib, u qo‘rqitishga asoslangan hamda tovlamachilik va jinoiy monopoliya ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladigan biznes sifatida bahola- nadi. Tovlamachilik kimgadir kuch ishlatish yoki jinoiy raqobat bilan tahdid solib, uning biznesidan foydalanishni anglatadi. Jinoiy monopoliya raqobatni tugatish (raqobatchilarni yo‘q qilish yoki qo‘rqitish) uchun jinoiy vositalardan foydalanishdir. Jinoiy korxonalar tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishiga kelganda, ushbu jarayonlarning eng ko‘p tarqalgan sabablari quyidagilar- dan iborat: kichik biznes yuritishga imkon bermaydigan texnologik xarajatlarning kattaligi; monopol narxlarni nihoyatda oshirish imkoniyati- 576 ning borligi (nooshkora tovar va xizmatlarga talab elastik emas, shu bois ishlab chiqarish kamaysa ham, narx oshirilganida foyda ko‘payadi); firma va ayniqsa, uning bozordagi ulushi qanchalik katta bo‘lsa, uning «tashqi xarajatlari» (lobbilash, huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalar o‘rnatish va sh.k.) shunchalik katta bo‘ladi. Xufiyona ishlab chiqarish odatda qonunda ruxsat etilgan, ammo huquqi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshirilganida, noqonuniy bo‘ladigan faoliyat turlarini (diplomi bo‘lmagan shifokorlar, o‘qituvchilarning xizmatlari) qamrab oladi yoxud qonuniy bo‘ladi va bunga huquqi bo‘lgan, lekin soliq, ijtimoiy jamg‘armalarga badallar va shu kabilarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida davlat organlaridan yashirinib yurgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning «norasmiy» sektori odatda qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi tarqoq korxonalar (masalan, o‘z kuchi bilan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi qurilish ishlari) hamda «norasmiy bandlik» korxonalari, ya’ni ish beruvchi bilan yollangan xodim o‘rtasidagi munosabatlar biror shartnoma yoki boshqa yuridik hujjatlar bilan mustahkamlanmagan korxonalarni birlashtiradi. Bunda gap, birinchi navbatda, fuqarolarga ular uchun qiyin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlarda yashab qolishlariga imkon beruvchi ikkilamchi bandlik sohasi haqida boradi. Ko‘pchilik rasmiylashtirmagan holda bir qancha joylarda o‘rindoshlik asosida ishlaydilar. Bunda qo‘shimcha ish haqidan soliq to‘lanmaydi. Ushbu holda «norasmiy» iqtisodiyot subyektlar o‘rtasidagi norasmiy aloqalar majmui sifatida ham talqin etiladi. Iqtisodiy faoliyat natijalarining xususiyatiga ko‘ra, ham an’anaviy tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni, ham shaxsning tanazzuliga olib keladigan buzg‘unchi ehtiyojlarni qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan mahsuldor xufiyona iqtisodiyot hamda rasmiy iqtisodiyot doirasida daromadlar yoki aktivlarni noqonuniy taqsimlashda ifodalanadigan nomahsuldor (soxta) iqtisodiyot ajratiladi. «Soxta» iqtisodiyot doirasida daromadlar qo‘shib yozish, talon-torojlik, poraxo‘rlik, firibgarlik, xaridorlarni aldash, sifatsiz mahsulot chiqarish kabilar natijasida ortib boradi. «Soxta» iqtisodiyot subyektlarning shakllanayotgan iqtisodiy norasmiy aloqalari tizimidagi alohida mavqei bilan bog‘liq foyda izlashi, «renta» olishi bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday iqtisodiyotda bo‘ladigan tabiiy renta bilan bir qatorda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan sun’iy tashkil qilingan rentalarning ko‘plab guruhlari paydo bo‘ladi: 577 – korxonalarning muayyan guruhi uchun asossiz ravishda alohida (imtiyozli) faoliyat rejimini ta’minlash; – turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xususiylashtirish jarayonida noqonuniy shartlar asosida ishtirok etishi; – mulkchilik munosabatlarining huquqiy va iqtisodiy jihatdan tartibga solinmaganligi; – siyosiy va byurokratik tuzilmalarning moddiy ne’matlar, daromad- lar, mulkni taqsimlashga doir qarorlarning qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish huquqi. Xo‘jalik yuritish subyektlari o‘zaro munosabatlarining xususiyatiga ko‘ra, xufiyona iqtisodiy munosabatlarning bir necha guruhi ajratiladi: individ – tashkilot, individ – davlat, tashkilot – tashkilot, tashkilot – davlat, individ – individ. Rasmiy iqtisodiyotga munosabati bo‘yicha «xufiyona» iqtisodiyotni quyidagi mezonlar bo‘yicha tahlil qilish mumkin: 1-jadval Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling