5-mavzu: Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati Reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari 5.1. Maksimal va minimal narxlar
5-mavzu: Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati Reja 5.1. Maksimal va minimal narxlar 5.2.Narxning bozor faoliyatiga ta`siri 5.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari 5.1. Maksimal va minimal narxlar Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko`zda tutadi. Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko`zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni qo`llab- quvvatlash yoki iste’molchilarni qo`llab-quvvatlash . Iste’molchilarni narx tomondan qo`llab- quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o`rnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o`rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo`qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo`ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni , muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug’ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari ko`proq: ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u etmasligi mumkin “qora bozor”ning paydo bo`lishi va boshqalar. Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o`rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo`lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo`ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o`rnatish yo`li bilan aralashuvi ham yo`qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi. Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qo`llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi pasayishiga va sof yo`qotishlar paydo bo`lishiga olib keladi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o`rnatiladi. Agar o`rnatilgan narx ~ muvozanat narxidan R e kichik bo`lsa P P e ( P e - muvozanat narx) va narxni ~ ~ undan yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o`rnatilgan narx P muvozanat narxidan R e katta bo`lsa, P P e (R e -muvozanat narx) va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan o`rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko`ra, maksimal narxning o`rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. P D S E D P E P e E' P Q 0 Q S Q e Q D Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling