5-mavzu: Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati Reja


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1230308
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu-2


P*
ma 
B 




Q

Q

Q

5.3-chizma. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi 
va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri


Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o`zgarishi teng: 

и/ч
 
A

C
 

(2) 
bu erda, 

i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. 
Maksimal narx o`rnatilganda asosiy yo`qotishlar ishlab chiqaruvchilar 
zimmasiga to`g’ri keladi. 
5.2.Narxning bozor faoliyatiga ta`siri 

Narxning bozor daromadiga qanday ta’siri borligini ko`rib chiqish uchun 
muzqaymoq bozorini tahlil qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh 
bozorda sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta’sir 
ko`rsatadi. 
Muvozanatli 
narxda 
xaridorlar 
sotib 
olishni 
hohlayotgan 
muzqaymoqning miqdori sotuvchilar sotishni hohlayotgan miqdorga to`g’ridan-
to`g’ri teng bo`ladi. Aniqroq qilib aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3$ga 
teng bo`lsin. 
Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har 
kuni birdona muzqaymoq iste'mol qilish uchun 3$ katta narx ekanligidan 
noliyotgan iste`molchilar, shu bilan bir qatorda 3$ raqobatli bozorda eng minimum 
narx bo`lib, bu ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan 
muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar bo`ladilar. Ularning har ikkalasi ham hukumatga 
bu borada kerakli qarorni berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib 
murojaat etadi. 
Albatta haridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqni to`lashni 
hohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni hohlaydilar. Bu 
ikki 
guruhning 
hohishlari 
bir-biriga 
qarama-qarshi. 
Agar 
muzqaymoq 
iste'molchilari o`zlarining talablarida mustahkam bo`lsalar hukumat ular uchun 
muzqaymoqning sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi 
mumkin. 
Narxni ko`rsatilgan 
chegaradan 
oshirish mumkin 
emas. 
Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa maksimal narx deb nomlanadi. Bunga 
qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar harakatchan bo`lsa, hukumat 
narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx ushbu chegaradan tushib 
ketishi mumkin emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa minimal narx deb 
nomlanadi. 
Agar hukumat muzqaymoq iste'molchilarni narxdan noroziligi ta’siri bilan 
muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki hil natija kelib chiqishi 
mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4$ belgilaydi. Bu 
vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda 
bo`lgani uchun narx yo`q bolib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni 

Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 
7 e.) kitobining II bobi asosida tayyorlangan. 


muvozanatga olib borib qo`yadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot 
miqodriga yoki uning narxiga ta’sir etmaydi. 
Maksimal narxli 
bozor 
muzqaymoq 
Narx 
(A) majburiy bo`lmagan maksimal 
Taklif 
Maksimal 
narx 
Muzqaymoq 
Narxi 
Muvozanat 
narxi 
(b) majburiy bo`lgan maksimal 
Taklif 
Muvozanat narxi 
Talab 
Maksimal 
narx 
Talab 
Muzqaymoq 
Muvozanat miqdori 
miqdori 
Taklif 
miqdori 
Talab 
Miqdori 
Muzqaymoq 
miqdori 
Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija ko`rsatadi.Bu holatda, hukumat 
muzqaymoq uchun narx yuqori chegarsini 2$ etib tayinlaydi. Chunki 3$ 
muvozanatli narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda 
majburiy chegara vazifasini bajaradi.Taklif va talab narxni muvozanat tomonga 
qarab harakat qilishga majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga 
yetsa qonun bilan undan yuqoriga o`sa olmasligi mumkin. Shunday qilib bozor 
narxi narxning yuqorisini 
muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan 
muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona) taklif miqdordan oshib. (75 dona). Demak 
bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga keladi. 50 dona odam muzqaymoq sotib 
olishni hohlasa ham uni harid qila olmaydi. 
Qachonki muzqaymoq tanqisligi narx o`zgarishi tufayli ortsa, tovar yetkazib 
beruvchining normallashtirish mexanizmi ham shakillanadi. Ushbu mexanizm 
tovarga bo`lgan navbat bo`lishi mumkin. Navbatga erta kelib, kuta oladigan 
iste'molchilar natijada muzqaymoq oladilar, ammo aksariyat kuta olmaydigan 
odamlar esa sotib olmaydilar. Bunga muqobil ravishda, sotuvchilar muzqaymoq 
yetkazib berishni o`zlarining hohishlariga qarab. masalan, faqat jamiyatning 
ma’lum bir guruhiga, oila a’zolariga, do`stlariga muzqaymoq sotish orqali 
normallashtirishlari mumkin. Shunga qaramasdan, narx o`zgarishi muzqaymoq 
sotib oluvchilarga yordam berish istagi orqali yuzaga kelayotgan bo`lsada, sotib 
oluvchilarning hammasi ham bundan manfaat ko`ra olmaydi. Ba’zi bir 
iste’molchilar navbatda kutgan holda arzon narxda muzqaymoq olishlari mumkin, 
ammo boshqalari esa umuman muzqaymoq sotib ola olmasliklari mumkin. 
Muzqaymoq bozoridagi ushbu misol shunday umumiy natija ko`rsatadi: Qachonki 


hukumat raqobatli bozordagi narx o`zgaruvining mustahkamlashishiga aralashsa
tovar tanqisligi oshadi, natijada sotuvchi tanqis tovarni ko`p sonli imkoniyatli sotib 
oluvchilar orasida normallashtirishi shart. Narx o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan 
normallashtiruv mexanizmi unchalik ham samarali va 
ma’qul emas, chunki 
navbatda kutib turish sotib oluvchilarning vaqtini oladi. Sotuvchining hohishiga 
qarab tovarni yoki haridorni ajratish ancha noqulay, samarasiz va shu bilan birga 
insofsizlikdir (chunki haridor juda qadrlaydigan tovar unga to`g’ridan-to`g’ri 
bormaydi). Bunga qarshi tarzda, tartibli, to`gri yo`naltirilgan savdo esa ham 
insoniylikka to`g’ri keladi va ham samaralidir. Qachonki muzqaymoq bozori 
o`zining muvozanatiga erishsa, bozordagi har bir tovar uchun pul to`lagan 
iste'molchi muzqaymoqni qo`lga kiritshi mumkin. Ochiq bozor tovarning narxi 
bilan birga muvozanatga keladi. 
Hukumatning boshqa turdagi narx nazorati qanday natajalar berishini 
kuzatishdan oldin keling biz yana muzqaymoq bozoriga qaytamiz. Tasavvur 
qilingki, hukumat Milliy Muzqaymoq Tayyorlovchilar Haya’tiga chiqarilgan sud 
qarori tomonidan harakatga keltirildi.Bunday holatda hukumat narxning quyi 
chegarasini o`rganib chiqadi.Narxning quyi chegarasi huddi uning yuqori 
chegarasidek hukumat tomonidan bozordagi muvozanatni ushlab turish uchun 
o`rnatiladi.Shunday vaziaytda yuqori chegarali narxlar huddi quyi chegarali narx 
kabi qonuniy doiradan chiqib ketmaydi. 
Muzqaymoq 
(A) majburiy bo`lmagan minimal narx 
Muzqaymoq 
(B) majburiy bo`lgan minimal narx 
narxi 
Muvozanat narxi 
Taklif 
narxi 
Taklif 
Qo'shimcha 
minimal narxi 
Talab 
Muvozanat 
narxi 
minimal narxi 
Talab 
Muvozanat 
limiqdor 
Muzqaymoq 
ning miqdori 
Muzqaymoq 
ning miqdori 
Qachonki davlat muzqaymoq bozorida quyi narxni belgilaganda ikki xil 
natija kelib chiqishi mumkin. Qachonki muvozanatdagi narx 3$ bo`lsayu, hukumat 
tovar uchun 2$ narx belgilasa, biz (A) rasmdagi natijaga erishamiz. Bunday 
holatda narxning quyi chegarasi bozor holatiga ta’sir ko`rsatmaydi. Bozordagi 


kuchlar tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib boradi va quyi narxning 
ta’siri sezilmaydi. 
B rasm hukumat muzqaymoq uchun 4$ narx belgilanganda nima sodir 
bo`lishini ko`rsatadi. Bu holatda muvozanatli narx 3$ bo`lib, u pastda bo`lgani 
uchun minimal narx bozorga qarama-qarshi ta’sir o`tkazayapti. Talab va taklifning 
ta’siri natijasida narx muvozanatadgi narxga qarab harakat qiladi. Ammo qachonki 
bozor narxi quyi chegaraga u undan pastga tusha olmaydi. Bozor narxi quyi 
chegaradagi narxni belgilab beradi. Bu chegarada ta’minlab berilgan muzqaymoq 
(120 dona) miqdori talab etilgan miqdordan (80 dona) oshib ketadi. Muzqaymoqni 
bozorda harakat qilayotgan narxda sotmoqchi bo`lganlar uni sota olmaydi. 
Shunday qilib, narxning quyi chegarasini belgilashning oqibati taklif qilinayotgan 
mahsulot ortiqchaligidir. Biz takidlaganimizdek, narzning yuqori chegarasi va 
taqchillik, taqsimlanishining noto`g’ri mexanizimmini shakillanishiga olib keladi. 
Quyi chegarasi narx natijasida, ba’zi sotuvchilar o`zlarining mahsulotlarini sota 
olmaydilar.Haridorlarning shaxsiy hohish istaklariga qarab harakat qiluvchi 
sotuvchilar boshqalar odamlar sota olmagan narxlarda tovarlarini sotishlari 
mumkin. Aksincha erkin bozorda narx muvozanatni boshqaruvchi sifatida ishtirok 
etadi va sotuvchilar o`z tovarlarini muvozanatdagi holatda hohlaganlaricha 
sotishlari mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling