Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Download 0.58 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1364969
Bog'liq
Boymuratov Javoxir.

Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari

Narx bu bozor mexanizmining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U özining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xöjalik yurituvchi subyektlari böyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi.

Narxning vazifalari 1.Qiymatni hisobga olish. 2.Muvozanatlikni taminlash. 3.Tartibga solish. 4.Raqobat vositasi. 5.Ijtimoiy himoyalash.

Narxning xilma xil turlari mavjud bölsada, ular bir biri bilan özaro boglangan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi öz ifodasini topgan. Iqtisodiyot nazariyasida narxning nisbati narx pariteti deb ham yuritiladi.

Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita tasir körsatadi. Chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi hamda istemolchilarning soni juda köp bölib, ularning ishlab chiqarish hajmini özgartirish orqali narx shakllanishiga tasiri umuman sezilmazdi.

Monopoliya sharoitida narx shakllanishining öziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat özlarining individual narxlarini özgartira olsalar, ulardan farqli ölaroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini özlari belgilay oladilar.

Monopolistlar mahsulotlarning suniy taqchilligini vujudga keltirish maqsadida öz tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning ösishiga olib keladi.

Bozor iqtisodiyotiga ötayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati köp jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

Narxlarni erkinlashtirish bu iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yönalishlaridan biri bölib, islohotlarning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari köp jihatdan shu muammoning hal etilishiga bogliq böladi.

Ayni damda, Özbekiston Respublikasida narxlarni bosqichma bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borilmoqda.

Foydalanilgan manbalar: Mikroiqtisodiyot_Salimov_Shakarov Mikroiqtisodiyot_Gulomov. Ijtimoiy tarmoqlar

Etiboringiz uchun rahmat Tayyorladi: Boymuratov Javoxir


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling