Sonli majlis bayonnomasi


Download 20 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20 Kb.
#1614183
Bog'liq
kafedra RT №5-son bayon 30.12.22


Farg’ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar maktabi “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi o’qituvchilarining
5-sonli majlis


BAYONNOMASI


30.12.2022 yil Farg’ona shahar


Yig’ilish raisi: H.H.Tursunov.
Kotiba : S.M.To’xtasinova
Qatnashdilar: H.Tursunov, B.Eminov, U.Xoshimov, E.Boymuratov, S.To’xtasinova, A.Nurmatova, Z.To’lqinov.


KUN TARTIBI:
1. Kasb-hunar maktabining ichki tartib qoidalarini tushuntirb o’tish
2. “Raqamli texnologiyalari” kafedrasidagi 9-22,10-22,11-22, 19-21, 20-22, 21-21 guruh rahbarilari o’quvchilarni qishgi ta’til bo’yicha tushuntirish ishlari olib borish.
3.Kafedra o‘qituvchilarining 2022-2023 o‘quv yili uchun me’yoriy hujjatlari (o’quv-pedagogik) larni ko’rib chiqish va kasb-hunar maktabining navbatdagi pedagogik kengashga tavsiya berish.
4.Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o’quv amaliyoti o’qitish materiallarini kamchiliklarini bartaraf etish.


I. Eshitildi: H.Tursunov – kafedra mudiri, kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi va ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalarini eslatib o’tdi va rioya qilishlarini aytib o’tdi. Qishki ta’til 31.12.2022-8.01.23 kunga qadar ekanligini eslatib o’tdi
II. So`zga chiqdi: B.Eminov – Qishki ta’til davrda 9-22,10-22,11-22, 19-21, 20-22, 21-21 guruh rahbarilari o’quvchilarni qishgi ta’til bo’yicha ota-onalar qamrog’ida bo’lishlari, nojo’ya xatti xarakatga yo’l qo’ymasliklari uchun guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgani aytib o’tdi.
III. So`zga chiqdi:H.Tursunov-kafedra o’qituvchisi H.Tursunovning Raqamli multimedia axborotlarini nashr qilish texnologiyasi o’quv amaliyotidan “O‘quv mashg‘ulotlariga multimedia ishlanma tayyorlash”, “Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fanidan “Bios bilan ishlash va parametrlarini sozlash” mavzulari bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalari, “Ma'lumotlar ombori”, “Antivirus”, “Shaxsiy kompyuterni diagnostika qilish”, “Shaxsiy kompyuterni diagnostika qilish (2-qism)” mavzulari bo‘yicha multimedia ishlanmalari ko’rib chiqildi va kamchiliklari tuzatildi, kasb-hunar maktabining navbatdan tashqari pedagogik kengashiga tavsiya qilindi.
U.Hoshimov: kafedra o’qituvchisi-MS ACCESS dasturida ma’lumotlar omborini tashkil etish mavzusida multimediya ishlanma va Delphi dasturlash tilida ishlash mavzusida uslubiy qo’llanma kasb-hunar maktabining navbatdan tashqari pedagogik kengashiga tavsiya qilindi.

IV. So’zga chiqdi: A.Nurmatova -2022-2023 o’quv yilidagi o’quv amaliyoti o’qitish materiallaridagi mavzularga yangi metodlarni qo’llashni aytib o’tdi va Informatika va AT fanidan “Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida” mavzusida uslubiy qo’llanma kasb-hunar maktabining navbatdan tashqari pedagogik kengashiga tavsiya qilindi.


E.Boymuratov – o’quvchilarga dars o’tishda yangi motivatsion roliklar, tasvirlar qo’llash kerakligini aytdi va bu taklifni barcha kafedra a’zolari ma’qulladi.


Qaror qilindi:

1.Kafedra o’qituvchilari KHM ning ichki tartib qoidalariga rioya qilinsin.


2.Guruh rahbarlari 9-22, 10-22, 11-22, 19-21, 20-22, 21-21 guruh o’quvchilariga qishki ta’til bo’yicha bo’yicha tushuntirish ishlari olib borsin va bayonnomalar rasmiylashtirilsin.
3. Kafedra o’qituvchilarining me’yoriy hujjatlarini kafedraning 30.12.2022 dagi №5- sonli bayonnomasi bo’yicha navbatdagi pedagogik kengashga tasdiqlashga tavsiya qilinsin.
4. 2022 -2023 o’quv yili 9.01.2023 ga qadar o’quv xona rejalari, o’quv amaliyoti o’qitish materiallari to’plami kamchiliklari bartarf etilsin va tayyorlansin.



Yig’ilish raisi: H.H.Tursunov
Kotiba : S.M.To’xtasinova
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling