Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɏɚɜɮɫɢɡɥɢɤ ɜɚ ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ. 6. – Ɍ.:
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1998. – Ȼ. 429. 606 5. Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashda davlatning chora-tadbirlari Bugun «xufiyona» iqtisodiyot muammosini hal qilishning quyidagi variantlari haqida so‘z yuritish mumkin: – dastlabki kapital jamg‘arishning nihoyatda yuqori sur’atlari haqidagi maqsadli yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘lgan radikal-liberal variant; – radikal-liberal variantga qarshi usul sifatida yuzaga kelgan hamda kuchga asoslangan va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘linmalari faoliya- tini kengaytirish va kuchaytirishni taqozo etuvchi repressiv variant; – kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart- sharoitlarni ta’minlashga doir qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks-huquqiy variant. «Xufiyona» iqtisodiyotga nisbatan oxirgi modelni amalga oshirish quyidagi siyosatni yuritishni taqozo etadi: a) jinoyatchi unsurlar va «xufiyona» xo‘jalik yurituvchilar kapitalla- rini aniq ajratish hamda bunday ajratishni yangi qonun hujjatlarida qayd etish; b) biznes uchun qulay huquqiy va xo‘jalik muhiti, birinchi navbatda, soliq rejimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash; c) davlat tomonidan aholini moliyaviy firibgarliklardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamg‘arilgan omonatlar va kapitallarning himoyalanganligi kafolatlarini ta’minlash; d) iqtisodiyotning real sektoriga investitsiya kiritish uchun qaratilgan pul mablag‘larining legallashtirilishini tasdiqlovchi yuridik institutlar mexanizmini ishga tushirish. Mamlakatimizda korrupsiyaga, jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, 2006–2008-yillarda Rossiya Fede- ratsiyasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasida (Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 2005-yil 25-oktabrda ma’qullangan) korrupsiya yuzaga kelishining institutsional omillarini bartaraf etishga qaratilgan bir qator tizimli aksilkorrupsiyaviy tadbirlar belgilangan. Erkin bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirish, iqtisodiyotdagi xarajatlarning umumiy darajasini pasaytirish, yangi korxonalar tashkil etilishini rag‘batlantirish, shuningdek faol investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: 607 – ijroiya hokimiyat organlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy tartiblarini ishlab chiqish; – mamlakatimiz subyektlarining ijroiya hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan sudgacha bo‘lgan bosqichda shikoyat qilish mexanizmlarini joriy etish; – davlat ehtiyojlari uchun xaridlar tizimining samaradorligini oshirish – xaridlarning oshkoraligi va ochiqligini oshirish, davlat kontraktlarining ochiq ro‘yxatini yuritish, xaridlarni qattiq tartibga solish; – idoraviy va mintaqaviy aksilkorrupsiyaviy dasturlarni joriy etish; – davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatiga doir ma’lumotlarni ochib berish; – normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga sharoit yaratish- yaratmasligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazish; – tayyorlanayotgan qarorlarni ommaviy muhokamadan o‘tkazish, ijroiya hokimiyat organlarining jamiyat uchun muhim qarorlarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish; – fuqarolik jamiyati vakillarini nazorat organlari hay’atlariga, ijroiya hokimiyat organlarining fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga doir normativ-huquqiy hujjatlari va boshqa qarorlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlarga, boshqa tuzilmalariga kiritish; – ijroiya hokimiyat organlari qoshida fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida jamoat kengashlari tuzish. «Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim. Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyat- chilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr konvensiyasi; – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; – Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr xalqaro konvensiyasi. Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: – Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); 608 – Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral). MDH hujjatlari orasida «Korrupsiyaga qarshi siyosatga doir qonunchilik asoslari to‘g‘risida»gi model qonunini ta’kidlab o‘tish lozim (2003-yil 15-noyabrda MDH PAning XXII yalpi majlisida qabul qilingan). Noqonuniy daromadlarni legallashtirish (oshkoralashtirish)ga qarshi kurash choralarini amalga oshirish uchun pullarni «yuvish» muammolari bo‘yicha maxsus moliyaviy komissiya (FATF) tashkil etilgan edi. Uning tarkibiga Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyoning asosiy moliyaviy markazlari vakillari kirgan. Ushbu hukumatlararo tashkilot 1990-yilda «Pullarni yuvish muammolari bo‘yicha qirqta tavsiya»ni tayyorlab, jahon jamoatchiligiga taklif etgan. 1996-yilda bu tavsiyalar o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan tajribani hamda pullarni «yuvish» sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olish uchun qayta ko‘rib chiqildi. 2002- yilda FATFning tavsiyalari terrorizmni moliyalashtirishga bog‘liq operatsiyalarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasalar uchun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik protsessi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodekslarida bozor borasidagi iqtisodiy munosabatlarning prinsiplari qonuniy jihatdan muhrlab qo‘yil- gan: – barcha mulk shakllarining daxlsizligi va teng ravishda davlat himoyasida ekanligi; – iqtisodiy faoliyat erkinligi; – tovarlar, xizmatlar va moliyaviy resurslarning erkin aylanishi; – yagona iqtisodiy makon; – sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlash; – erkin va qonuniy tadbirkorlik. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi quyidagilarni tartibga soladi: – shartnoma va boshqa majburiyatlarni; – mulkiy va u bilan bog‘liq shaxsiy mulkiy bo‘lmagan munosa- batlarni. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahrirda 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan ) quyidagilarni belgilaydi: – soliqqa tortishning prinsiplari; – soliqlarning ro‘yxati; 609 – soliqqa oid huquqiy munosabatlar protseduralari (taomillari) va qoidalari; – soliqqa oid huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (1994-yil 22-sentabrda tasdiqlangan) uchinchi bo‘limi «Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar» nomlanadi va o‘z tarkibiga X, XI, XII, XIII boblarni qamrab olgan. Xalqaro darajada iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi eng aniq tahdidlardan biri korrupsiyadir. Shu bois xalqaro tashkilotlar unga qarshi kurashning quyidagi chora-tadbirlarini taklif etadilar: – milliy darajada bir tomonlama majburiyatlarni qabul qilish; – ayrim firmalarning ixtiyoriy majburiyatlarini e’lon qilishi, korrupsiyaga qarish milliy qonunlarning tegishli modellarini yaratish; – noqonuniy to‘lovlarning oldini olish maqsadida firmalar va ularning xorijdagi bo‘linmalarini sertifikatlash; – korrupsiyaga qarshi choralar nazarda tutiladigan xatti-harakat kodekslarini ishlab chiqish; – korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro bitim tuzish. Shunday qilib, ushbu mavzuda quyidagi asosiy kategoriya va tushunchalar ko‘rib chiqildi: «xufiyona» iqtisodiyot, «xufiyona» iqtiso- diyotning sabablari va rivojlanish oqibatlari, «xufiyona» iqtisodiyotning o‘zgarishi va miqyosi, korrupsiya, soliqdan bo‘yin tovlash, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolar, ayniqsa, bolalari- mizning sog‘lig‘ini himoya qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2011-yilning sentabrida «Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda pirotexnika vositalari, ayniqsa, maishiy turdagilarining aylanmasi keskin oshdi. Ko‘pchilik holatlarda bunday vositalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish va ulardan foydalanishda o‘rnatilgan tartib qo‘pol ravishda buzib kelingan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 2006–2010-yillarda respublika hududida o‘tkazilgan hamkorlikdagi reydlar va boshqa tadbirlar natijasida 4,2 ming nafardan ortiq huquqbuzardan olib qo‘yilgan 610 pirotexnika vositalari o‘rnatilgan savdo qilish qoidalari va normalariga hamda tashish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda saqlanganligi aniqlandi. Qabul qilingan qonun bilan Jinoyat kodeksi (250- moddasi) va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (185-moddasi) pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik kiritildi. Endilikda, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish va boshqa harakatlar uchun shaxs sud tomonidan huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Agarda huquqbuzarlik sodir etganidan so‘ng, tegishli jazo qo‘llanilganiga qaramasdan, yana shunday harakatlarni sodir etsa, bunday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi. Shubhasiz, pirotexnika aylanmasini tartibga solishga qaratilgan mazkur qonun hamda hukumat qarori fuqarolarning sog‘lig‘ini himoyalashga, ushbu vositalardan foydalangan holda madaniy-tomosha va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga hamda iste’molchilarning huquqlarini muhofazalashga xizmat qiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling