Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
-BO‘LIM. JAHON IQTISODIYOTI
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
4-BO‘LIM. JAHON IQTISODIYOTI
20-MAVZU. JAHON XO‘JALIGI VA GLOBALLASHUV MUAMMOLARI 1. Hozirgi jahon xo‘jaligi va iqtisodiyotining mohiyati. Jahon xo‘jaligining shakllanishi va xususiyatlari Jahon xo‘jaligi yoki jahon iqtisodiyoti – bu bir-birini taqozo etuvchi, jadal o‘zaro bog‘liq rivojlanishda bo‘lgan va jahon iqtisodiy tizimini tashkil qilgan milliy xo‘jaliklarning majmui bo‘lib, iqtisodiy yaxlitlikni tashkil etadi. XXI asrning dastlabki o‘n yilligida 210 dan ortiq mamlakat iqtisodiyoti birlashgan bo‘lib, bular yaratgan tovar va xizmatlar summasi bir necha o‘nlab trillion AQSh dollarini tashkil etadi. Jahon xo‘jaligi yoki iqtisodiyoti uch guruh mamlakatlar, ya’ni iqtisodiyoti yuksak rivojlangan, iqtisodiyoti o‘rtacha rivojlangan va iqtisodiyoti qoloq mamlakatlardan iborat. Jahon iqtisodiyoti tizimining asosiy elementlari quyidagilar: milliy xo‘jaliklar, transmilliy korporatsiyalar, integratsiyaviy birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. Jahon iqtisodiyoti tizimida davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari integratsiyalovchi, birlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Uning asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni xalqaro va milliy miqyosda ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish yotadi. Jahon iqtisodiyoti faoliyatining asosiy maqsadi – resurslar cheklanib borayotgan sharoitda insonning yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish. Jahon xo‘jaligi miloddan avvalgi yillardayoq mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar «harakati orqali» rivojlana boshlagan. Bozor munosabatlarining faol yoyilishiga XV–XVII asrdagi buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar, XIX asrda mashina sanoati, transport va aloqa sohasidagi yangi vositalarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. XIX asrning oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi va xalqaro mehnat taqsimoti asosida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va moliya-kredit munosabatlari tizimi sifatida tovar va xizmatlarning jahon bozori shakllandi. XIX–XX asrlar chegarasida ishlab chiqarish omillari, mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy resurslarning xalqaro harakati jadallashdi. 615 Iqtisodiy manfaatdorlik asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi milliy xo‘jaliklar majmui sifatida jahon xo‘jaligi shakllandi. Jahon iqtisodiyotining shakllanishiga quyidagi davrlar xosdir: – Birinchi jahon urushining boshidan 50-yillar boshigacha – mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining buzilishi, so‘ngra asta- sekin tiklanishi; – 50–70-yillar – davlatlar, transmilliy korporatsiyalarning integ- ratsiyaviy guruhlari yuzaga kelishi, bilimlar (texnologiyalar), tadbirkorlik kapitalining mamlakatlar o‘rtasida ko‘chib yurishi; – 80–90-yillardan XXI asr boshlarigacha – rivojlangan mamlakatlarning postindustrial taraqqiyotga, qoloq mamlakatlarning iqtisodiy qoloqlikni faol bartaraf etishga, sobiq sotsialistik mamlakatlarning esa bozor iqtisodiyotiga o‘tishi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling