Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tayanch tushunchalar: 
Xufiyona iqtisodiyot, jinoiy-iqtisodiy faoliyat, xufiyona iqtisodiyotning 
g‘ayriqonuniy iqtisodiy usullari, ikkilamchi iqtisodiyot, rasman ruxsat etilgan 
faoliyat, korrupsiya, qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Xufiyona iqtisodiyotni ta’riflang. 
2. Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashning qanday xalqaro huquqiy 
asoslarini bilasiz?
3. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sa-
g‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
asarida korrupsiya va xufiyona iqtisodiyotga oid ta’riflarni, ularning xavfsiz-
likka soladigan tahdidlarini konspekt qiling va mohiyatini tushuntirib bering. 
4. Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashda xalq hokimiyati institutlarining 
o‘rni va ahamiyati qanday? 
5. Xufiyona iqtisodiyotning mamlakat real iqtisodiyotiga ta’sirini sharhlab 
bering. 
6. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jamiyatimiz iqtisodiy 
asoslariga qaratilgan qanday javobgarliklar belgilanganini izohlang. 
7. Xufiyona iqtisodiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va oqibatlari qanday 
bo‘ladi? 


 611
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Xufiyona iqtisodiyot – huquqiy maydondan tashqarida amalga oshiriladi-
gan jamiki iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Xufiyona iqtisodiyot – qonunlar, huquqiy normalar, xo‘jalik hayotining 
rasmiy qoidalarini chetlab o‘tib, ya’ni huquqiy maydon doirasidan tashqarida 
yuz beradigan iqtisodiy munosabatlarning ma’lum turidir. Xufiyona iqtisodiyot 
murakkab, ko‘p bosqichli hodisa. Uning tur va shakllari xilma-xil. Xufiyona 
iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga ko‘ra bir necha 
turlarga bo‘linadi. 
Jinoiy-iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo man etilgan, qonun yo‘li bilan 
taqiqlangan ishlar bilan shug‘ullanish. Masalan, narko, porno, qurol-yarog‘ 
bizneslari va h.k. G‘ayriqonuniy, g‘ayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni 
qayta taqsimlab, o‘zlashtirib olish, masalan, o‘g‘rilik, bosqinchilik, reket, 
poraxo‘rlik. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling