Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ. 7. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1999. – Ȼ. 32–33.


 599
Pora amalda tovar sotish hisobidan qoplanmaydigan xarajatni, ya’ni 
zararga o‘tadigan xarajatni hosil etadi. Bu doimiy yoki o‘zgaruvchan, aniq 
yoki muqobil xarajatni hosil etmaydi. Bu ishlab chiqarish va tijorat ishlari 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, binobarin, biznes uchun ustama 
tavsifidagi xarajatni hosil etadi, bu foyda hisobidan qoplanadi. Pora 
tabiatan norasmiy soliqdir. Firma foydasi taqsimlanganda, uning bir 
qismini porani qoplash uchun yuborilishi, taqsimlanmagan foydani 
qisqartiradi, shunga binoan kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni 
ta’minlovchi investitsion resursni qisqartiradi. Bu bilan o‘zini o‘zi 
moliyalashtirishdan iborat bozor tamoyiliga putur yetkaziladi. Hozirgi 
paytda korxonalar investitsiyalarining 40 foiz kredit, 40 foiz amorti-
zatsiya va 20 foiz foyda hisobidan moliyalashtiriladi. Foydaning bir 
qismini poraga ajratilishi korxonaning rivojlanish imkoniyatlari 
kamaytiradi, albatta. 
Garvard universtiteti mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, 
davlat buyurtmalari va xaridlari sohasidagi korrupsiyadan keladigan 
yo‘qotishlar ushbu sohadagi barcha budjet xarajatlarining taxminan 30
foiz tashkil qiladi. Sanoatning ayrim tarmoqlarida (neft, gaz, nodir 
metallar) mansabdor shaxslarni sotib olishi uchun foydaning deyarli 50
foiz sarflanadi. Korrupsiyadan hammadan ham ko‘ra ko‘proq kichik va 
o‘rta biznes zarar ko‘radi. Korrupsiyaning tarqalishi va xufiyona 
iqtisodiyotning rivojlanishi o‘rtasida chambarchas aloqa mavjud. Bir 
tomondan, ushbu ikki hodisa ma’muriy to‘siqlardan iborat umumiy 
ildizlarga ega. Boshqa tomondan – ular bir-birini keltirib chiqaradi: tijorat 
sektori oldida ma’muriy to‘siqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni aylanib 
o‘tishga, jumladan, amaldorlarning «og‘zini moylash» orqali chetlab 
o‘tishga intilishlar shunchalik kuchli bo‘ladi. Ayrim hisob-kitoblarga 
qaraganda, xo‘jalik faoliyatidagi hisobotlarni, jumladan, soliq hisoblash 
bo‘yicha hujjatlarni soddalashtirish, liberallashtirish (xususan, litsenziya 
olish talab etiladigan va haddan tashqari sertifikatlashtirish o‘tkazilayot-
gan yo‘nalishlarda) yashirin ish ko‘rayotgan korxonalarning kamida 
uchdan bir qismini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarib olishga imkon berishi 
mumkin. Ayni vaqtda bugun yashirin iqtisodiyot, masalan, Rossiyada 
YAIMning 42 foizni, Ukrainada – 49 foizni ishlab chiqarmoqda. 
Korrupsiya daromadlarni ochiq bozor qoidalarini chetlagan holda 
yashirin taqsimlanishini bildiradi va bu ijtimoiy adolatsizlikka olib keladi. 
Garchi daromadlar miqdori o‘zgarmasa-da, ular qayta taqsimlanib bir 
qo‘ldan boshqasiga o‘tadi. Adolatsizlikning qaror topishi kishilarning 
axloqiy buzilishiga, ularda ishonchsizlikning paydo bo‘lishiga olib keladi. 


 600
Hozir korrupsiya iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazishi, demokratik 
institut va qonunning ustunligi prinsipini susaytirishi, jamoat tartibini 
buzishi va jamiyat ishonchini yo‘qotishi, bu bilan uyushgan jinoyatchilik, 
terrorizm va insoniyat xavfsizligiga nisbatan boshqa tahdidlar gullab-
yashnashiga imkon berishini barcha tan olgan. 
Hech bir mamlakat – u xoh boy bo‘lsin, xoh kambag‘al – ushbu 
salbiy hodisadan umuman saqlana olmaydi. Korrupsiya davlat sektorida, 
xususiy sektorda ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ammo undan doimo 
faqat bir taraf – jamiyat zarar ko‘radi. Lekin korrupsiya rivojlanayotgan 
mamlakatlarda kambag‘al odamlarga yetkazadigan zarar nihoyatda katta. 
U har xil shakllarda ularning kundalik hayotiga ta’sir etadi va ularning 
yanada qashshoqlashuviga olib boradi, u ularni iqtisodiy resurslardagi 
qonuniy ulushidan yoki hayot uchun zarur yordamdan mahrum etadi.
Korrupsiya asosiy ijtimoiy xizmatlarni pora berish imkoni bo‘lmagan 
shaxslar uchun yetishib bo‘lmas narsaga aylantiradi. Korrupsiya 
rivojlanish uchun mo‘ljallangan ozgina mablag‘larni boshqa maqsadlarga 
sarflab, asosiy ehtiyojlar – oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash va ta’lim 
sohasidagi ehtiyojlarning ta’minlanishini qiyinlashtiradi. U har xil 
ijtimoiy guruhlar o‘rtasida kamsitishni, tengsizlik va adolatsizlikni keltirib 
chiqaradi, xorijiy investitsiyalar va yordamlarni qochiradi, rivojlanishni 
sekinlashtiradi. Shu bois u siyosiy barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot yo‘lidagi jiddiy g‘ov hisoblanadi. 
Biroq korrupsiya o‘tish davrida adolatsiz daromadlar hosil etsa-da, 
kapitalning dastlabki jamg‘arilishiga xizmat qiladi. Korrupsiyalashgan 
unsurlar g‘ayriqonuniy yo‘l bilan to‘plagan puli biznesga kirib borib, u 
yerda kapitalga aylanadi. Natijada bu unsurlar pora hisobidan kapital hosil 
etadi. Shu sababli davlat amaldorlarini yashirin yo‘l bilan tadbirkorlarga 
aylanishi yuz beradi. Korrupsiyaning yana bir negativ tomoni shundaki, u 
raqobatda tengsizlik hosil etadi, chunki pora berish hisobidan ayrim toifa 
tadbirkorlar raqobatda sun’iy ustunlikka erishadilar. Bu korrupsiya erkin 
raqobatga zid hodisa bo‘lishini bildiradi. 
Korrupsiya davlat xarajatlarining tuzilishini o‘zgartiradi. Bunda 
mablag‘lar sog‘liqni saqlash, ta’lim, yo‘l qurilishi, aloqa singari ijtimoiy 
muhim dasturlardan uncha muhim bo‘lmagan sohalarga ko‘chiriladi. 
Qurib bitkazilgan obyektlarni saqlash haqida bosh qotirmagan holda 
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish kuchaygan kapital qurilish 
sohasi buning yorqin misoli bo‘ladi. 
Islohotlar amalga oshirilayotgan hamda o‘tish davri iqtisodiga oid 
mamlakatlarda mavjud iqtisodiy salohiyatni iqtisodiy o‘sish va aholi 


 601
farovonligini oshirishga yo‘naltirishga korrupsiya o‘ta xavfli ta’sir 
o‘tkazayotganligi tadqiqotchilar va siyosiy arboblar tomonidan bildiril-
moqda
1
.
Shu sababli ham Prezident Islom Karimov korrupsiyaga qarshi 
kurashni kuchaytirish haqida: «Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, 
balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, 
jamiyatimizning ma’naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan 
eng xavfli illat – korrupsiyadir. U ayrim hollarda o‘ta xavfli tusga 
kirmoqda. Ushbu masala bo‘yicha keyingi yillarda bajarilgan ilmiy tahlil 
shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarni 
tadqiq etishga e’tibor ko‘paytirilmoqda. Bank-moliya sohasida, davlat 
mulkini xususiylashtirishda, qimmatli qog‘ozlar muomalasida, kichik va 
xususiy korxonalar tizimida, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish jarayon-
larida uyushgan jinoyatchi guruhlar sodir etayotgan qonunbuzarliklar 
sonining oshishi, ayniqsa, tashvishlidir. 
Iqtisodiyot sohasida qonunchilikka va axloq qoidalariga amal qilish 
borasidagi ishlarning ahvoli, aniq dalillar tahlili shundan xabar beradiki
biz korrupsiya bilan kurash masalasiga alohida e’tibor berishimiz kerak. 
Chunki korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
obro‘sizlantirib, uning ma’no-mohiyatiga dog‘ tushirmoqda. Ayniqsa, 
qonun posboni bo‘la turib, tadbirkorlar manfaatlarini muhofaza etish 
lozim bo‘lgan, majozini aytganda, qo‘li pok bo‘lishi zarur bo‘lgan huquq-
tartibot organlarining o‘zida manfaatparastlik, poraxo‘rlik, korrupsiya, 
aybdorlarga homiylik qilish, o‘z ishiga jinoyatkorona sovuqqonlik 
munosabatida bo‘lish kabi hollarga qat’iyan chek qo‘yish zarur»
2
, – deb 
ta’kidlagan.
Hozirgi davrga kelib korrupsiyaga qarshi kurash barcha mamlakatlar 
jamoatchiligining diqqat markaziga qo‘yilmoqda, chunki jamiyatdagi 
nolegal munosabatlar o‘ta xavfli sohaga aylanib bormoqda. Ko‘pgina 
olimlarning fikricha, korrupsiya yashirin iqtisodiyotning ko‘rinishi. 
1
Qarang: Ȼɟɤɤɪɟ Ⱥ., Ʉɚɢɤɚ Ɂ. Ʉɪɟɦɥɶ: ɜɡɹɥɫɹ ɡɚ ɪɟɮɨɪɦɭ ɝɨɫɫɥɭɠɛɵ // 
«ȼɟɞɨɦɨɫɬɢ». – 2002. – 1 ɢɸɥɹ; Ƚɪɢɝɨɪɶɟɜ ȿ. Ƚɥɨɛɚɥɢɡɚɰɢɹ ɜɡɹɬɨɱɧɢɱɟɫɬɜɚ // 
ɇɟɡɚɜɢɫɢɦɚɹ ɝɚɡɟɬɚ. – 2002. – 24 ɢɸɧɹ; Ⱦɠɨɧɫ Ⱦ., Ʉɚɭɮɦɚɧ Ⱦ., ɏɟɥɥɦɚɧ Ɋ.
ɋɩɨɫɨɛɫɬɜɭɸɬ ɥɢ ɢɧɨɫɬɪɚɧɧɵɟ ɤɨɦɩɚɧɢɢ ɩɪɨɰɜɟɬɚɧɢɸ ɤɨɪɪɭɩɰɢɢ ɜ
ɩɟɪɟɯɨɞɧɵɯ ɷɤɨɧɨɦɢɤɚɯ // Ɍɪɚɧɫɮɨɪɦɚɰɢɹ. – 2000. – ʋ 3–4; ɂɫɦɨɢɥɨɜ ɂ.
ɀɢɧɨɹɬɱɢɥɢɤɞɚ ɭɸɲɝɚɧɥɢɤ: ɧɚɡɚɪɢɹ ɜɚ ɚɦɚɥɢɺɬ ɦɭɚɦɦɨɥɚɪɢ. – Ɍ., 2005. – Ȼ.
107–121.
2

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling