Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Hududiy tuzilma – ishlab chiqarishning qaysi tarmoq va turlari 
ushbu hududda jamlanganini ko‘rsatadi. Hududiy tuzilma xomashyo, ish 
kuchi kabi manbalarning mavjudligi va joylashuvi bilan bog‘liqdir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma ijtimoiy-iqtisodiy uklad va aholi 
hayotining sifatini aks ettiradi. Mamlakatda hayot sifatining umumlash-
gan jahon ko‘rsatkichi inson salohiyatining rivojlanish indeksi (ISRI)
hisoblanadi. U uni tashkil etuvchi uchta indeksning o‘rtacha arifmetik 
ko‘rsatkichiga teng: kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi, aholining 
ta’lim sohasiga qamrab olinganligi indeksi, turmush darajasi indeksi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ISRI 0,1 ga intiladi, qoloq mamlakatlarda 
esa ISRI 2 ga yaqin. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 1990-yildan 2002-
yilgacha ISRI atigi 20 ta mamlakatda (Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, 
Rossiya, Zambiya va boshqa mamlakatlarda) pasaygan. Jahon 
iqtisodiyotida rivojlangan industrial mamlakatlar guruhi ajratiladi 
(Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi 30 dan ortiq 
davlatlar). Ular orasida YAMM hajmi eng katta bo‘lgan (dunyo 
YAMMning 50 %) «sakkizlik»ni AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, 
Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Rossiya tashkil qiladi. 
Jahon YAMMning 28 % rivojlangan mamlakatlar (130 dan ortiq 
davlatlar)ga to‘g‘ri keladi. O‘tish davri iqtisodiyoti kechayotgan 
mamlakatlar (28 ta davlat) dunyo YAMMning taxminan 17–18 % ni 
ishlab chiqaradilar. 
Milliy xo‘jaliklar va jahon iqtisodiyotining makroiqtisodiy aloqalari 
iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobga olishning xalqaro miqyosda tan 


 618
olingan qoidalari majmui bo‘lgan milliy hisob tizimida (MHTda) aks 
etadi. 
Iqtisodiy faoliyat sektorlarini quyidagilar tashkil qiladi: 
– 
real sektor (xususiy, moliyalashtirilmaydigan); budjet (davlat) 
sektori; 
– pul sektori (markaziy va tijorat banklarining pul oqimlari); 
– tashqi sektor (to‘lov balansida o‘z ifodasini topadigan barcha 
sektorlarning tashqi operatsiyalari. 
MHTdan joriy iqtisodiy tahlilni amalga oshirish va iqtisodiy 
siyosatda strategik qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi. 
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar bo‘yicha kam 
daromadli (1000 dollargacha), o‘rta daromadli (7000–10000 dollar) va 
yuqori daromadli (10000 dollardan ortiq) mamlakatlar ajratiladi. 
YAMMda eksportning ulushi bilan o‘lchanadigan jahon bozoriga 
ochiqlik darajasi bo‘yicha nisbatan yopiq (YAMMdagi eksportning ulushi 
10 % dan kam) va nisbatan ochiq (YAMMdagi eksportning ulushi 35 % 
dan ko‘p) iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar ajratiladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling