Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Postindustrial jamiyat nazariyalari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Postindustrial jamiyat nazariyalari. D. Muxtabell (AQSh) pos-
tindustrial jamiyatning beshta belgisini ajratgan: 
1) 
iqtisodiyotning tovarlar ishlab chiqarishdan xizmatlar ishlab 
chiqarishga o‘tishi; 
2) xodimlar orasida mohir mutaxassislar va texniklarning ustunligi; 
3) nazariy bilimlarning yetakchilik qilishi; 
4) 
texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat 
o‘rnatishga qaratilishi
5) yangi «intellektual texnologiya»ning qaror qabul qilish jarayonini 
ta’minlash. 
Ushbu shartlarning amalga oshirilishi postindustrial jamiyatga 
o‘tilganligini bildiradi. 
A. Toffler (AQSh) «Uchinchi to‘lqin» kitobida (1980) «uchinchi 
to‘lqin»ga «industrial individ»ning yaratuvchi shaxsga o‘tishi deb ta’rif 
bergan. Pulga sig‘inish, hukmronlik va bo‘ysunish munosabatlari o‘rniga
o‘zaro ishonch va yordam munosabatlari, ulkan tashkilot doirasidagi 
qat’iy mehnat intizomi o‘rniga kichik tashkilotlar va uydagi ixtiyoriy 
mehnat, tabiat bilan hamkorlikni kuchaytirishga mo‘ljallar olish hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha cheklangan, muvozanatlashgan 
o‘sishga o‘tish. 
Sivilizatsiyalar nazariyalari. Yagona sivilizatsiya nazariyasi. 
F. Fukuyama (AQSh) dunyo umumiy jamiyat – yagona siyosiy, ijtimoiy 
va iqtisodiy tuzum – liberal demokratiya sari harakatlanayotganligini 
tadqiq qilgan. Ushbu jarayonning harakatlantiruvchi kuchi: iqtisodiyot-


 620
ning baynalminallashuvi, uning globallashuv va integratsiyalashuvga 
o‘sib o‘tishi. Bunda mamlakatlarning muhim vazifasi – o‘z milliy 
qiyofasini, madaniyati va o‘zligini yo‘qotmaslik. 
Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi. Uning muallifi 
F. Xantington (AQSh) dunyoning siyosiy va madaniy jihatdan ko‘p 
qutbliligini, G‘arb, Islom, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin 
Amerikasi kabi sivilizatsiyalarga egaligini ta’kidlagan. Osiyo sivi-
lizatsiyalarining roli oshib bormoqda. F. Xantingtonning fikricha, 
bo‘lajak dunyo turli sivilizatsiyalar majmuidir. Jahon iqtisodiyotida 
Osiyo mamlakatlarining ulushi oshib bormoqda. Integratsiya asosiy 
mamlakatlarning madaniy, sivilizatsiyaviy asoslariga tayanishi lozim 
(Provaslav, Islom, Yapon sivilizatsiyasiga qaraganda, ko‘proq G‘arb 
sivilizatsiyasiga, Induizm, Xitoy sivilizatsiyasiga yaqinroqdir). Ijtimoiy-
madaniy aloqalarni rivojlantirish muhim. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling