Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Xalqaro va milliy iqtisodiy xavfsizlik, uning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

5. Xalqaro va milliy iqtisodiy xavfsizlik, uning 
vazifalari va funksiyalari 
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik deganda hamjamiyat faoliyatining real va 
imkoniyatdagi, ichki va tashqi tahdidlar ta’sirida xo‘jalik manfaatlarining 
zarar ko‘rmasligi va mustaqilligini ta’minlaydigan rejimi tushuniladi. 
Iqtisodiyotning globallashuvi jahon iqtisodiyoti subyektlari o‘zaro 
aloqalarining kuchayishi, iqtisodiy sanksiyalar (savdoda kamsitish, 
ekspansiya, embargo, qamal), huquqiy asosda xalqaro iqtisodiy xavfsizlik 
tizimini yaratish vazifalarini qo‘yadi. 
Bugun xalqaro javobgarlik taqiqlar, boshqa davlat huquqlarini buzish
o‘z huquqlarini suiiste’mol qilish, shuningdek majburiyatlarni bajar-
maslikka taalluqlidir. 
Mamlakatning ichki holati resurs salohiyatidan foydalanish va 
xalqaro munosabatlardagi obro‘sini saqlashga bog‘liq. Mamlakat hayoti 
va faoliyatini bashoratlashning iqtisodiy asosini xo‘jalik maqsadlari va 
rejalari, moddiy xarajatlar va iqtisodiy faoliyat natijalari tashkil qiladi. 
So‘nggi paytlarda xavfsizlikning umumlashtiruvchi ifodalaridan biri 
milliy xavfsizlikdir. Milliy xavfsizlik – mamlakatning shunday holatiki, 
unda mamlakat (millat)ning hayotiy muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
ekologik, ma’naviy, harbiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya 
qilinadi, real va imkoniyatdagi ichki va tashqi zararli ta’sirlar, inqirozli 
holatlarning ta’siri eng kam darajagacha pasayadi hamda shaxs, jamiyat 
va davlatning taraqqiyoti uchun qulay imkoniyatlar ta’minlanadi. 
Xavfsizlikning mohiyatini anglashda ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv asosiy 
o‘rin tutadi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish hodisani obyektivlik va 
subyektivlik, moddiy va ma’naviy jihatlar dialektikasi, uning jamiyat 


 635
ijtimoiy-madaniy makoniga taalluqligi nuqtai nazaridan tekshirishga 
imkon beradi. 
Xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni, aholining 
normal hayoti va faoliyatini, jumladan uning ish bilan bandligi, iqtisodiy 
jihatdan o‘sish imkoniyatini ta’minlovchi rivojlanish darajasida saqlashni 
bildiradi. 
Global (texnologik, moliyaviy, informatsion) tizimlarning jadal 
rivojlanishi barcha darajalarda migratsiya oqimlarining keskin ko‘payishi 
bilan kechadi. Ushbu hol inson resurslarini boshqarishning yangi 
vazifalarini qo‘yadi. Mamlakatlar, ularning guruhlari, alohida mintaqalar 
o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farq davlatlar ichida va 
o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy keskinlik bo‘lishini istisno etmaydi. 
Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi 
xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 
1) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari 
asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini 
takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy 
birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi; 
2) xalqaro hamjamiyatda AQSh yetakchiligidagi rivojlangan mamla-
katlarning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi; 
3) 
xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va 
axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, 
tovarlarni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan 
kechmoqda. 
Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyatchilik – 
kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj 
manipulatsiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof 
tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi. 
Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat 
ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat 
jihatdan yangicha hodisa. Bu korrupsiya, jinoiy qatlamlar va davlat 
apparatining birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va 
narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir. 
Iqtisodiy xavfsizlik – mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarni aks 
ettiruvchi hamda milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanuvchi 
murakkab iqtisodiy kategoriya. Bu milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, 
barqarorligi, doimiy yangilanish va o‘zini takomillashtirib borishga 
intilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar va omillar majmuidir. 


 636
Iqtisodiy xavfsizlikning bosh vazifasi – mamlakatning oliy milliy 
davlat manfaatlariga javob beradigan va milliy resurslarni nazorat 
qilishga asoslangan iqtisodiy mustaqil iqtisodiy siyosat olib borilishini 
ta’minlash. Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning barqarorligi, o‘zini 
rivojlantirish va taraqqiy toptirishga qodirligini kafolatlashi kerak. 
Milliy iqtisodiy xavfsizlikka milliy davlat manfaatlarining amalga 
oshirilishida izchillikni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barqaror 
faoliyatini, aholining hayoti va faoliyati uchun normal sharoitni saqlash 
qobiliyati sifatida qarash lozim. Milliy iqtisodiy xavfsizlik xavf-xatar 
hamda iqtisodiy manfaatlarga bo‘ladigan tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish 
tizimini yaratish borasidagi harakatlar majmuidir. Iqtisodiy xavfsizlik – 
milliy iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirish va normal 
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash qobiliyati. Bu tashqi va ichki iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy, harbiy, tabiiy va texnogen beqarorlashtiruvchi ta’sirlar 
chog‘ida yuksak darajadagi barqarorlikni saqlash qobiliyatidir. 
Jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish (qo‘shilish) jarayonida milliy 
iqtisodiyotning ochiqlik chegaralari milliy davlat manfaatlarini himoya 
qilish sohasi hisoblanadi. Bir tomondan, iqtisodiyotning ajralganligi va 
biqiqligi mamlakatni jahon taraqqiyotining chetiga surib chiqaradi. 
Boshqa tomondan, to‘liq ochiqlik milliy iqtisodiyotning tanazzuliga va 
resurslarning tor bir guruh mamlakatlardagi moliyaviy markazlarga oqib 
ketishiga olib keladi. Iqtisodiyotning ochiqligi hozirgi moliyaviy 
bozorlarning nomukammalligi, beqarorligi va keskin inqirozli tanazzullar 
tufayli ham muayyan chegaralarga ega bo‘lishi kerak. 
Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda makro va korporativ strategik 
boshqaruv va rejalashtirishning yangi shakllariga e’tibor qaratilmoqda. 
O‘zbekiston mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari uchun ichki va tashqi 
bozorda qulay sharoitni ta’minlash maqsadida bozor xo‘jaligining 
zamonaviy institutlari, korporativ boshqaruv mexanizmlari, moliya bank 
tizimini yaratish yo‘lida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu 
geosiyosiy strategiya va globallashuv jarayonlari nuqtai nazaridan ichki 
va tashqi tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling