Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Jahon xo‘jaligi yoki jahon iqtisodiyoti – bu bir-birini taqozo etuvchi
o‘zaro bog‘liq, jadal rivojlanishda bo‘lgan va jahon iqtisodiy tizimini tashkil 
qilgan milliy xo‘jaliklarning majmui bo‘lib, iqtisodiy yaxlitlikni tashkil etadi.
Jahon xo‘jaligi yoki iqtisodiyoti uch guruh mamlakatlar, ya’ni 
iqtisodiyoti yuksak rivojlangan, iqtisodiyoti o‘rtacha rivojlangan va 
iqtisodiyoti qoloq mamlakatlardan iborat. 
2. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga ochiq iqtisodiyot xosdir. Shu bois 
dunyoda ekstranaliyalar, ya’ni ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan 
mamlakatlar yo‘q. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni 
shakllantirish yo‘lida faol ish boshlagan. Bunda ochiq turdagi iqtisodiyotni 
shakllantirishning asosini mamlakatning dunyo xo‘jaligi aloqalarida, xalqaro 
mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi tashkil etadi. Bu esa xavfsizlik 
choralarini ko‘rishni ham taqozo etadi. 
3. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishida xalqaro mehnat taqsimoti va 
ixtisoslashishining qaror topishi va rivojlanishi muhim shart-sharoit 
hisoblanadi. Shuningdek, globallashuv, ya’ni g‘oyalar, kapital, texnika va 
tovarlarning butun dunyo bo‘ylab oqishi jadallashayotgan va keng miqyosga 
ega bo‘lib borayotgan murakkab jarayon sifatida baholanmoqda.


 640
4. XXI asrda globallashuv ayrim ishchilar, oilalar va elatlar uchun 
yashash joyini o‘zgartirish va moliyaviy noaniqlik bilan bog‘liq xavf-xatarning 
ortishida namoyon bo‘ladigan muayyan tahdidlarga ham egaligini nazarda 
tutish lozimki, bu har bir mamlakatdan iqtisodiy xavfsizlik choralarini 
ko‘rishni talab etadi.
5. Globallashuv har bir mamlakat milliy iqtisodiyoti jahon 
iqtisodiyotining bir qismiga aylanib, undagi o‘zgarishlarning bevosita ta’siriga 
berilish jarayonidir. Globallashuvning mazmun-mohiyati iqtisodiyotning 
umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivojining tashqi iqtisodiy 
aloqalarga bog‘liq bo‘lib qolishidir. 
21- MAVZU. XALQARO SAVDO. XALQARO 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling