Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tayanch tushunchalar: 
Jahon xo‘jaligi, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro takror ishlab 
chiqarish jarayonlari, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, yangi xalqaro iqtisodiy 
tartib, globallashuv, ochiq iqtisodiyot, mamlakatlar raqobatbardoshligi. 


 637
Savol va topshiriqlar: 
1. Jahon xo‘jaligi nima? 
2. Jahon xo‘jaligi qanday qaror topishini tushuntirib bering. 
3. Jahon xo‘jaligining rivojlanish bosqichlarini eslang. 
4. Jahon xo‘jaligi qanday mamlakatlardan tashkil topgan? 
5. Globallashuv nima? 
6. Global iqtisodiy siyosatning mohiyati qanday? 
7. Globallashuvning rasmiy ta’riflarini keltiring. 
8. Ochiq iqtisodiyot nima? 
9. Xalqaro munosabatlarimiz O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining qaysi moddalari bilan tartibga solinadi? 
10. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz? 
11. Yangi xalqaro tartibning mazmuni va u tayanuvchi uch qoidani 
tushuntiring. 
12. Antiglobalistlar harakati haqida gapirib bering. 
13. Yopiq iqtisodiyot nima? 
14. Globallashuv jarayonlarida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy 
strategiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Globallashuv – iqtisodiyot subyektlarining global miqyosdagi o‘zaro 
aloqadorligining kuchayishi, bularning aholi hayotining huquqiy, ijtimoiy, 
demografik, diniy va boshqa tomonlariga ta’siri. 
Jahon xo‘jaligi – yagona jahon takror ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, 
xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi hamda institutsionallashgan xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Jahon takror ishlab chiqarish jarayoni deganda jahon xo‘jaligi 
doirasidagi ishlab chiqarishning muntazam yangilanib, o‘sib borishi 
tushuniladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) mamlakatlar iqtisodiy 
subyektlarining xo‘jalik aloqalaridir. 
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning muayyan ne’matlar 
va xizmatlar yaratishga ixtisoslashuvi va ishlab chiqarilgan tovarlar va 
xizmatlar muayyan turlarining ayirboshlashuvi tushuniladi. 
Yopiq iqtisodiyot deganda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar 
muayyan mamlakat ichkarisida yaratiladi va o‘sha yerda sotiladi. Barcha ichki 
daromadlar va xarajatlar shu mamlakatning yalpi ichki mahsulotini tashkil 
etadi. 
Ochiq iqtisodiyot deganda shunday makroiqtisodiyot tushuniladiki, unda 
yaratilgan mahsulotning bir qismi mamlakat ichki iste’moliga, qolgan qismi 


 638
xorijga eksport qilinadi. 
Jahon xo‘jaligi yoki jahon iqtisodiyoti – bu o‘zaro bog‘liq hamda jadal 
rivojlanishda bo‘lgan va jahon iqtisodiy tizimini tashkil qilgan milliy 
xo‘jaliklar majmui. 
Jahon iqtisodiyoti tizimining asosiy elementlari quyidagilar: milliy 
xo‘jaliklar, transmilliy korporatsiyalar, integratsiyaviy birlashmalar, xalqaro 
iqtisodiy tashkilotlar. 
Jahon iqtisodiyoti tizimida davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari 
integratsiyalovchi, birlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Uning asosida moddiy va 
ma’naviy ne’matlarni xalqaro va milliy miqyosda ishlab chiqarish, ularni 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish yotadi. 
Jahon iqtisodiyoti faoliyatining asosiy maqsadi – inson ehtiyojlarini 
qondirish. 
Jahon xo‘jaligining iqtisodiy tuzilishi – tarmoqlar, mintaqalar, 
korxonalar o‘rtasidagi nisbat, shuningdek yalpi mahsulotning ishlab 
chiqarilishi va iste’molidagi mutanosibliklar. 
Jahon iqtisodiyotining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: tarmoq, 
takror ishlab chiqarish, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar (kichik 
tuzilmalar). 
Iqtisodiy rivojlanish omillari – bular faol ishlatiladigan iqtisod 
elementlari: yer, mehnat, kapital, axborot, tadbirkorlik qobiliyati, fan-texnika 
taraqqiyoti (bu o‘z navbatida qolgan mazkur omillar samaradorligining 
oshishini ta’minlaydi). Ushbu zarur omillarning kerakli joyda va kerakli 
vaqtda jamlanishi iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari bu iqtisodiy 
rivojlanishda yetakchi o‘rin tutuvchi iqtisodiy subyektlar: tadbirkorlik, davlat. 
Iqtisodiy rivojlanish sharoitlari – iqtisodiy taraqqiyotning borishini 
ta’minlovchi alohida, aniq holatlar. Zarur sharoitlarning yaratilishi 
iqtisodiyotning boshqarilishi, iqtisodiy vaziyatning tahlil qilinishi hamda 
bashorat qilinishi, samarali menejmentni ta’minlaydi. 
Jahon iqtisodiyotining notekis rivojlanishi – jahon iqtisodiyotining 
notekis rivojlanishi uning davomiy xususiyatida namoyon bo‘ladi (qisqa 
muddatli davr ikki yil, o‘rta muddatlisi 5–7 yil, uzoq muddatli davr 40–60 
yil). Sekinlashish (pasayish to‘lqini) va tezlashish (yuksalish to‘lqini) davrlari 
ketma-ket almashib keladi hamda bir qator omillarning dinamikasi (fan-
texnika taraqqiyoti va boshqalar) bilan bog‘liqdir. 
Ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi – milliy 
xo‘jaliklarning ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida jahon bozoriga 
bog‘liqligining kuchayishi. 
Transmilliylashuv – korxonalar va ular filiallarining xorijda joy-
lashtirilishi, uning xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga imkon yaratishi. 


 639
Integratsiya – milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi va o‘zaro moslashuvi. 
Xalqaro ixtisoslashuv – bu bir yoki bir qancha mamlakatlarda o‘z ichki 
ehtiyojlarini va manfaatdor mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun bir 
turdagi mahsulot ishlab chiqarilishining jamlanishidir.
Ixtisoslashuvning quyidagi shakllari ajratiladi: 
1) ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – tarmoqlararo yoki tarmoq
va firma ichidagi; 
2) hududiy – mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha, mintaqalar ichida; 
3) predmetli (muayyan mahsulotni ishlab chiqarish); 
4) detalli (detallar, qismlar, yarim fabrikatlar ishlab chiqarish); 
5) texnologik (ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqarish). 
Xalqaro mehnat taqsimoti – o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, 
bunda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan tovarlar yoki xizmatlar 
ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar va keyinchalik ularni o‘zaro ayirboshlay-
dilar. Xalqaro mehnat taqsimotida ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan 
korxonalar (sug‘urta, investitsiya kompaniyalari, brokerlik, auditorlik, venchur 
(tavakkal), lizing korxonalar) ham ishtirok etadi. 
Xalqaro kooperatsiya – ikki yoki undan ortiq mamlakat korxonalarining 
yagona ishlab chiqarish dasturini bajarish yoki mahsulotni texnik jihatdan 
takomillashtirish manfaatlari yo‘lida birlashtirilishidir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling