O‘zbekistonning 1990–2010-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va
tarkibi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti mustaqillik qo‘lga
kiritilgunga qadar asosan sobiq Ittifoq respublikalarini xomashyo
resurslari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan edi. Iste’mol mahsulotlarining
asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyatining mavjud-
ligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi.
1990-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 805,6 million
dollarni, jumladan, eksport 442,7 million dollarni, import 362,9 million
dollarni tashkil etgan. Ijobiy saldo esa 80 million dollar atrofida bo‘lgan
edi.O‘tgan 1991–2011-yillarda tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o‘sdi,
shu jumladan, eksport hajmi 29,5 barobar, import 24,2 barobar oshdi. Bu
jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib, oltin-valuta
zaxiralarining yuqori darajada o‘sishi va milliy valuta barqarorligini
ta’minladi.
Eksport va import tarkibi tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston chetga
xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste’mol tovarlarini
olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunga kelib, qo‘shilgan qiymati
yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va texnik hamda
texnologik modernizatsiya qilishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyalar
asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
1-jadval
O‘zbekistonning tashqi savdo tarkibi
O‘zbekistonning tashqi
savdo tarkibi
1990-yil 2000-yil
2010-yil
Tashqi savdo aylanmasi, million
dollar
805,6 6212,1
21842,2
Eksport, million dollar
442,7 3264,7
13044,5
Import, million dollar
362,9 2947,4
8799,7
Saldo (+, –), million dollar
79,8
317,3 4244,8
Eksport (foiz)
100
100
100
Paxta tolasi
59,7
27,5
11,3
Oziq-ovqat mahsulotlari
3,9
5,4
9,7
648
Kimyoviy mahsulot va undan
tayyorlangan mahsulotlar
2,3 2,9
5,1
Energiya va neft mahsulotlari
17,1
10,3
24,8
Qora va rangli metallar
4,6
6,6
6,8
Mashina va uskunalar
1,7
3,4
5,5
Xizmatlar 1,3
13,7
9,1
boshqalar 9,4
30,2
27,7
Do'stlaringiz bilan baham: |