Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Globallashuvning mohiyati
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2.3. Globallashuvning mohiyati
Xalqaro munosabatlarning globallashuvi muammosi asta-sekin eng yuksak darajalarda o‘tadigan ko‘plab ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlarda eng asosiy (ustun) muammo sifatida baholana 628 boshlandi. Shu jihatdan qaraganda, 1999-yilda «yettilik» mamlakatlari rahbarlarining Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Yakuniy kommyunikesining ikkinchi bandi, ayniqsa katta e’tiborga sazovordir. Unda globallashuv jarayoniga rasmiy ta’rif berilgan. Birinchidan, globallashuv – g‘oyalar, kapital, texnika va tovarlarning butun dunyo bo‘ylab oqishi jadallashayotgan va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgan murakkab jarayon sifatida baholangan. Ikkinchidan, globallashuv ayrim jamiyatlardagi turli xalqlarni nihoyatda yaqinlashtirgan ochiqlik tufayli yuzaga kelgan tub o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Uchinchidan, globallashuv borgan sari kuchayib borayotgan ochiqlik va jadallik natijasi sifatida butun yer yuzida hayot darajasining yuksalib borishiga va qashshoqlik darajasining ancha pasayishiga yordam beruvchi shart-sharoit. To‘rtinchidan, globallashuv integratsiyaning ishlab chiqarish samaradorligini rag‘batlantirish, imkoniyatlarni kengaytirish va iqtisodiyotni o‘stirish evaziga qo‘shimcha ish joylari yaratishga imkon berib ulgurgan va bunga davom etadigan yangi shakl sifatida qaralmoqda. Beshinchidan, globallashuv axborot sohasidagi inqilob bilan chambarchas bog‘liq. Bu inqilob esa, o‘z navbatida, yangi jamiyatga o‘tishning shart-sharoiti hisoblanadi. Ya’ni jahon sivilizatsiyasi borgan sari ko‘proq sanoatlashgan va postindustrial jamiyatdan axborotga asoslangan jamiyatga o‘tish tamoyiliga ega bo‘lmoqda. Oltinchidan, globallashuv turli madaniyatlar va qadriyatlarning borgan sari kuchayib borayotgan o‘zaro ta’siri sifatida demokratik jamiyatlar qurish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarining kafolatlarini shakllantirish tamoyilida ifodalanadi. Yettinchidan, globallashuv ayrim ishchilar, oilalar va elatlar uchun yashash joyini o‘zgartirish va moliyaviy noaniqlik bilan bog‘liq xavf- xatarning ortishida namoyon bo‘ladigan muayyan tahdidlarga ham ega. Iqtisodiyotning globallashuvi, jahon iqtisodiyoti subyektlari o‘zaro aloqasining kuchayishi, iqtisodiy jazolar (savdodagi kamsitish, ekspansiya, embargo, qamal)ning noqonuniy yoki nomuvofiq qo‘llanishi xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimini huquqiy asosda yaratish masalasini qo‘ymoqda. Bugun xalqaro javobgarlik taqiqlarning, boshqa davlat huquqlarining buzilishi, o‘z huquqlarini suiiste’mol qilish, shuningdek majburiyatlarini bajarmaslikka ham tatbiq etilmoqda. Mamlakatning ichki holati uning resurs salohiyatidan foydalanishi hamda davlatlararo munosabatlarda obro‘sini saqlashiga 629 bog‘liq bo‘lmoqda. Mamlakat hayoti va faoliyatini ta’minlashning iqtisodiy asosini xo‘jalik bilan bog‘liq maqsad va niyatlar, moddiy xarajatlar va iqtisodiy faoliyatning natijalari tashkil etadi. Global iqtisodiy siyosat – bu xalqaro siyosat bo‘lib, iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari o‘rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni kerakli serfoyda sohalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj to‘lovlari, kvotalar kabi vositalar ishlatiladi. Tovarlarning qimmatlashib ketishiga yo‘l bermaslik uchun ularga eksport etilgan chog‘idagi soliqlar qo‘yish bilan cheklanib, ular importiga soliq belgilanmaydi yoki g‘oyat oz belgilanadi. Bu ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish, deb yuritiladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki aksiz soliqlari tovarlar chiqarilgan joyda undirilib, tovarlar import qilingan yerda olinmaydi. O‘zaro kelishuvlar asosida import qilingan texnologiya ham soliqdan ozod qilinadi. Xalqaro savdo-sotiqda yengillashtirilgan bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi, bu to‘lovlar o‘zaro kelishilgan bo‘ladi. Masalan, Xalqaro savdo tashkiloti a’zolari o‘zaro savdo qilganda, boj to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi talab qilinadi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan savdo- sotiq qilinganda, oshirilgan boj to‘lovlari qo‘llaniladi. Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvotalari, kredit muddati va kredit uchun foiz o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik London banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini belgilaydilar. Masalan, 2003-yil uchun libor 1,4 foiz qilib belgilandi. Boshqa banklar bundan bir oz yuqori bo‘lgan foizlar bilan kredit ajratadilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor – qarz beruvchi mamlakatlar banklari hukumat ishtirokida amalga oshiradilar. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga va qanchadan qarz berishni, qaysi qarzlarni kechib yuborish, qaysi qarzlarning to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi. Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari o‘rnatadilar. Bularga binoan, qayerga qancha tovarni eksport qilish, qayerdan qancha tovarni import qilish, eksport-import tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, masalan, Yevropa Ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, ya’ni kamsitishga yo‘l berilmaydi. 630 Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya’ni millatlararo korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi davlatlar hukumati, davlatlararo hukumat va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib, Yevroparlament, Yevropa Ministrlar kengashi qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarni qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga qo‘llaniladi. Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft narxining yo‘lagi o‘rnatiladi. Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini o‘rnatishga doir siyosatni qo‘llaydilar. Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro institutlar valuta tartibini mustahkamlash, kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo‘llaydilar. Ular milliy valuta kursini barqarorlashtirish va valuta tahlikasini kamaytirish uchun milliy iqtisodiyotni rivojlantirib, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘llaydilar. Global iqtisodiy siyosat davlatlararo mehnat migratsiyasiga ham taalluqli bo‘ladi. Mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migratsiya oqimini nazorat qilish usullari ham kelishiladi, migratsiyaga oid axborot o‘zaro almashib turiladi. Global siyosat tabiiy ravishda globalizatsiyaning afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy jihatlarini kamaytirishga qaratiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling