Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Globallashuvning mohiyati va oqibatlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Globallashuvning mohiyati va oqibatlari 
2.1. Global muammolarning mohiyati, roli va iqtisodiy jihatlari 
Jamiyat rivojlanishining barchaga va har kimga, butun jahon 
hamjamiyatiga taalluqli, olamshumul xususiyatga ega muammolari global
muammolar deb ataladi. Ushbu muammolarning sayyoramiz miqyosida 
yoyilishi va keyinchalik keskinlashib borayotgani ularning global, 


 623
davlatlararo darajada hal qilish yo‘llarini izlashni talab qilmoqda, chunki 
ayrim mamlakatlar, hatto, ayrim davlatlar guruhi buning uchun zarur 
bo‘lgan ulkan kuch va vositalarga ega emas.
Global muammolarning qanday turi bo‘lmasin ularni butun 
jahon hamjamiyatining turli resurslari (moddiy, moliyaviy, mehnat, 
texnologik, ma’naviy, intellektual, axborot resurslari)ni birlashtirishsiz 
hal qilib bo‘lmasligiga olib keladigan jiddiy iqtisodiy jihatlar mavjud. 
Global muammolarning tarkibi, roli va o‘rni jamiyat 
rivojlanishining ayrim bosqichlarida o‘zgarib turadi. Tabiiy omillar bilan 
bog‘liq bo‘lgan ko‘plab global muammolar – tabiiy ofatlar (zilzila, 
toshqin, to‘fon, bo‘ron va h.k.), quyosh va oy tutilishlari, meteorit 
yomg‘irlari, magnit bo‘ronlari juda qadimdan mavjud.
Hozirgi global muammolar ko‘p jihatdan insoniyatning avvalgi 
butun faoliyati, umuman jamiyat rivojlanishining natijasidir. Global 
muammolarning insoniyat hayoti va faoliyatining barcha tomonlariga 
salbiy ta’sirlari kuchayib borayotgani, ularni hozirgi bosqichda va 
kelajakda hal qilish borasidagi qiyinchiliklar fan-texnika taraqqiyoti 
asosidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining kattaligi bilan bog‘liq. 
Hozirgi vaqtda qirqqa yaqin global muammolar mavjud bo‘lib, 
ular ichida asosiylarini ekologik, demografik, oziq-ovqat, qurolsizlanish, 
yadro qurolini tarqatmaslik va yadro urushining oldini olish, xalqaro 
xavfsizlik tashkil qiladi. 
Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti shakllanishining alohida 
bog‘lovchi omili – barchaga taalluqli bo‘lgan hamda ko‘plab yoki barcha 
mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning jami mablag‘larini jalb etish va 
davlatlararo iqtisodiy hamkorlik orqali hal qilinadigan insoniyatning 
global muammolaridir. Global muammolarning o‘ziga xos jihatini 
ularning universal xususiyati tashkil qiladi, chunki ular hozirgi zamon 
sivilizatsiyasining natijasidir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling