619
Iqtisodchi olim U. Rostou keyinchalik oltinchi bosqich – hayot
sifatini izlash bosqichini qo‘shdi. Ushbu nazariyada postindustrial davr
tadqiq qilinmaydi va sanoat inqilobi bosqichi mutlaqlashtiriladi.
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari.
Fransuz sotsiologi R. Aron industrial jamiyatda
mulkning yetakchilik roli
pasayishi, davlatning boylik va qashshoqlik qutblarini bartaraf etishdagi
roli kuchayishini ta’kidlagan. O‘sib boruvchi
korporativ daromadlar
jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini, fan va ta’limni qondirish uchun
yo‘naltiriladi, shu tariqa jamiyatning farovonligiga erishiladi.
J. Gelbreyt (AQSh) 1967-yilda «Yangi industrial jamiyat» kitobida
kapitalistik
jamiyatni rejali, bozor tizimining mazmuni deb tasvirlagan.
Rejali tizim (yirik korporatsiyalar) jamiyat manfaatlariga bee’tiborligi
uchun qoralanadi. Bozor tizimi (mayda firmalar, xizmat ko‘rsatish sohasi)
haqiqiy iqtisodiy-madaniy, ijtimoiy qadriyatlarga ega. Uning fikricha,
davlat
kichik biznesni, bozor tizimini rivojlantirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: