617
Takror ishlab chiqarish tuzilmasi –
bu ishlab chiqarilgan yalpi
ichki mahsulot (YAIM)dan foydalanishning har xil turlari o‘rtasidagi
nisbat. Takror ishlab chiqarish tuzilmasida iste’mol, jamg‘arish va eksport
ajratiladi.
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish sikllarining doimiy
ravishda uzluksiz takrorlanishi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish sikllarining
doimiy yangilanib, modernizatsiyalashib boruvchi ko‘rsatkichlar bilan
uzluksiz takrorlanishi.
Noqulay omillar ta’siridagi ishlab chiqarish
toraytirilgan, ya’ni ishlab
chiqarish hajmi pasayib boruvchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bo‘lishi
mumkin.
Funksional vazifasiga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining tuzilishi tinch va
harbiy ishlab chiqarishga bo‘linadi. Harbiy ishlab chiqarish YAMMning
1–2 % ni tashkil qilsa, ma’qul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: